|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 63/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniMavzu yuzasidan savollar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlar fanining asosiy qonuniyatlari?
2. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadini ayting?
3.E.N.Vodovozovaning fikricha bolalar bilan tabiat hodisalari kuzatishlari qanday olib boriladi?
3.MTTlarda amalga oshiriladigan barcha metodik va ta’lim-tarbiya berish ishining mazmuni?
39 Mavzu: Pedagogik kouchingni tashkil etish tartiblari
REJA;
1.Maktabgacha ta’limda kouchingning ahamiyati
2. Pedagogik kouchingni tashkil etish
3 Shaxsga yo’naltirilgan kouching faoliyati
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 12-iyuldagi maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risidagi 128-sonli buyrug’i qabul qilindi.Buyruq O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi 595- son ‘Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018 yil 30-sentabdagi PQ3955’Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’rida’gi qarori, O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22-dekabrdagi 802-son ‘Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning standartini tasqiqlash to’g’risida’gi Qarori, shuningdek Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya sifatini yanada oshirish va pedagog hodimlarga o’z vaqtida metodik xizmatni tashkil etish maqsadida qabul qilindi.Buyruqqa ko’ra Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom, 1- ilovaga, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining uslubiy birlashmalari to’g’risida’gi namunaviy nizom 2- ilovaga, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ‘Pedagogik kouching’ hamkorligini tashkil etish to’g’risida’gi namunaviy nizom 3- ilovaga, ‘Ilm yo’li va Ilk qadam ‘ oquv dasturini takomillashtirish bo’yicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tashkil etilishi belgilab qo’yilgan.Ushbu nizom O’zbekiston Respublikasining ‘Maktabgacha ta’lim va tarbiya tog’risida’gi qonuni asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning lavozim majburiyatlari,ularning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan malaka tavfsiflari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ‘Pedagogik kouching’ni tashkil etish orqali pedagogik kompetensiyani takomillashtirilib pedagog mutaxasislarni shaxsiy va kommunikativ rivojlanish tartibini belgilaydi .
|
| |