|
Ta’lim jarayonida qollaniladigan o’qitish metodlaridagi innovatsiyan quyidagi metodlarda ko’rishimiz mumkin
|
bet | 62/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniTa’lim jarayonida qollaniladigan o’qitish metodlaridagi innovatsiyan quyidagi metodlarda ko’rishimiz mumkin:
1. Aktiv metod – bu metod talaba yoshlarni dars jarayonida faollashuviga,
ma‘lum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga – mulohza yuritishga
undaydi.
2. Passiv metod – bu metod dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu
bo‘yicha bir tomonlama tushuncha xosil bo‘lishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod – bu metodni maqsadi dars jarayonida tarbiyachi va
talabalarni birgalikdagi faol hatti – harakatlariga asoslanadi
Dars shaklida innovatsiyani quyidagi ko‘rinishi mavjud:
a) standart dars – dars ichidagi struktura o‘zgarmaydi.
b) nostandart dars – dars ichidagi struktura o‘zgaradi.
v) vertual dars – ya‘ni masofadan o‘qitish.
Pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim tarbiyachilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob‘ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi..
Mavzu yuzasidan savollar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik texnologiyalar asosiy qonuniyatlari?
2.Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo`yicha pedagogik texnologiyalar qanday nomlanadi:
3 Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlarini sanab bering?
4. Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
37 Mavzu: Maktabgacha ta’limda metodik ishlarini ommalashtirish shakllari
REJA:
1.MTTlarda amalga oshiriladigan barcha metodik va ta’lim-tarbiya berish ishining mazmuni
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlar fanining asosiy qonuniyatlari
3. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3289-sonli qarori, shuningdek, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli qarori, 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-sonli qaroridagi zamonaviy talablar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari vazifalarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan barcha metodik va ta’lim-tarbiya berish ishining mazmuni, ularni tashkil etish, shakl va metodlarini tanlash qonunmyatlarini belgilovchi asosiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Bu masalalarni hal etishda u “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Oila pedagogikasi umumiy ilmiy-nazariy asoslariga, uning metodologiyasiga, ta’lim-tarbiya tashkilotlarida metodik ishlarning muhim sohasi bo'lib, uslubchi tomonidan metodik ishlarni tashkil etish bilan bogliq bo’lgan jihatlarni yoritib beradi. U ijtimoiy pedagogika va maxsus metodikalar bilan umumiy ilmiy-nazariy
Bu hol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy darajasini ta’minlashga, uning mazmunini maktabgacha pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida yoritishga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlar fanining asosiy qonuniyatlari quyidagilar:
1. Maktabgacha ta’limning Davlat xarakteri, uning ta’lim tizimida tutgan o’rni, maktabgacha ta’lim tashkilotsi uslubchisining ma’naviy- madaniy va umumkasbiy darajasi, uning liderlik va boshqaruv jihatlari, tamoyillari va xususiyatlari to’g‘risida tasavvur va bilimga ega bo’lish.
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini rejalashtirishning nazariy asoslari, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka yetaklovchi omillar, jamoada sog‘lom muhitni yaratish.
3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalar hayotining turli qirralarini tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo‘llaniladigan metod va usullar, nazorat shakllari va uni o‘tkazish metodikasi.
4. O’quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va rahbarlikning o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Metodik ishlarning turlari - shakllari, pedagogik, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari.
6. Maktbgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar va jamoatchilik bilan xamkorlik ishidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining bola tarbiyasidagi majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarining birligi, o’zaro bog’liqligini amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy, demografik, amaliy vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan bog’liq bo'lgan ish shakllarini tanlash imkonini beradi.
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadi quyidagilarda aks etadi:
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqomini oshirish;
2) ota-onalarning talab va takliflarini inobatga olgan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xilma-xil turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish zaruriyati mavjud:
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat tizimini saqlab qolish;
2) maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablarini aniqlashtirish;
3) maktabgacha ta’limning yangi mazmun va texnologiyasini ishlab chiqish;
4) variativlik, ochiqlik, oila, maktab va mahalla hamda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish tamoyiliga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tashkiliy tuzilishiga o’zgartirishlar kiritish;
5) jamiyat rivojlanishi bilan bog`liqlikda qo’yiladigan talablar va shart-sharoitlardan kelib chiqib maktabgacha ta’limning o`z vaqtida va muvafaqqiyatli moslashuviga erishish;
6) maktabgacha ta’limdagi o`zgarishlarga tezda moslasha oladigan maktabgacha ta’lim tashkilotsi uchun kadrlar tayyorlashning tizimini takomillashtirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiida ta’limiy-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar: tarbiyachi, uslubchi, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishining zarur sharoit, foydalaniladigan vosita, ish usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Tarbiyada yetakchi o`rin katta yoshli tarbiyachiga, tarbiyachiga tegishlidir. U bolalarning xilma xil faoliyatlarini tashkil etadi va yo‘lga soladi, o'qitish jarayonini amalga oshiradi. Faoliyatni rejalashtirishda pedagog bolalar rivoji va tarbiyasining umumiy qonuniyatlari hamda tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishga tayanadi. Bolani tarbiyalash va rivojlantirish qonunlari ob’ektivdir, ular bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ish mazmunini ham izchilligini ham aniqlashda asos xizmatini o‘taydi.
Maktabgacha taiim tashkiloti ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish mamlakat va maktabgacha pedagogikaning muhim yutug‘idir. XIX asr o‘rtalarida rus pedagogikasining mashhur namoyondasi E.N.Vodovozova bolalar bilan tabiat hodisalari va qishloq mehnatkashlari mehnatini kuzatishlar mazmuniga ko‘ra izchil, murakkablashib va kengayib boradigan tizimini ishlab chiqdi. Bu kuzatishlar turli yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan bolib, ularning izchilligi tabiat, mehnat va kishilar turmushidagi mavsumiy o‘zgarishlar bilan bog‘langan.
Bolalar bilan ishlashni rejalashtirish mazmun va shakllarini izlash uning asoslarini aniqlash mamlakatimizda ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning butun shakllanish davrida davom etdi. E.l.Tixeeva metodi asosida ishlovchi maktabgacha ta’lim tashkilotsida pedagoglar jamoasi reja dastur ishlab chiqadi. Unda bolalar bilan ishning asosiy yo‘nalishlari, ularning birikmalari beriladi, har bir yo‘nalish ichidagi izchillik belgilanadi.
Yuqoridagi natijalardan kеlib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kеldik:
MTMda Pеdagogik kеngashni tashkil etish Nizomi asosida ta'lim tarbiya ishlarini rеjalashtirish zarur;
Pеdagogik jarayon mеtodik ishlarni tashkil etishning shakl va usullari ishlab chiqish kеrak;
Maktabgacha ta'limga mеtodik rahbarlikning tashkiliy tuzilishi va vazifalari aniqlab olinishi va rеja ishlab chiqilishi kеrak.
Pеdagogik kеngashni pеdagogik tеxnologiyalar yordamida tashkillashtirilsa ham maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli bo’lib yashashlari shart. Jonajon O’zbekistonimiz mustaqillikni qo’lga kiritgach har bir sohalarga o’zlarishlar yangiliklar kiritildi. Shu jumladan ta’lim soxasida bir qancha ham yangi texnika va texnologiyalarni yaratish ularni amalyotga tatbiq etish, hamda innovatsion g’oyalarni ishlab chiqish kabi bir qancha maqsadlarni oldinga qo’ydi. Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishiga aylandi. Bu borada prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim tashkilotsi sohasi ochiq tan olishimiz kerakki, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Shu sohada bolalarni qamrab olish 27 % tashkil etadi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o’quv tarbiyaviy rejalariga qo’yiladigan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha inson butun umri davomida olinadigan barcha ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshgacha bo’lgan muddatda qabul qiladi. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Miromonovichning 2016 – yil 29 – dekabrdagi “2017 – 2021 – yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi”. Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimini moddiy - texnik bazasini mustahkamlash ularni malakali pedagogik kardlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalar tadbiq etish. Farzandlarimizni intelektual axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart – sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal etishda muxim hisoblanadi. Binobarin, mazkur hujjatga bog’liq maktabgacha ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib yangi tashkilotlar qurildi. Mavjudlari rekonstruksiya qilindi, hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruhlarda o’g’il qizlarning kerakli bilimlarini egallashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek qarorda, qishloq joylarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar o’quv – metodik qo’llanmalar va multimedia vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish to’g’risida 2017 – yil 30 – sentabr. Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etilishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yanada kuchliroq e’tibor qaratilganligining yaqqol dalilidir. Murg’ak qalbning unib – o’sishi, har tomonlama barkamol shaxs bo’lib shakllanishi, hamda mamlakatimizning ertangi kunda o’ziga hos o’rin egallashi uchun, maktabgacha ta’lim sohasida malakali kadrlarni talab qiladi. Maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan barcha mas’ul shaxslarga yanada mas’uliyatlar yuklanadi. Maktabacha ta’lim muasssasida faoliyat olib borayotgan har bir tarbiyachi o’z kasbining mohir ustasi bo’lishi hammani o’z ortidan ergashtira bilishi sog’lom raqobat muxitiga tayyorlangan holatda ish olib borishi kerak.Zamonaviy ta’lim dasturlaridan texnika vositalaridan to’g’ri foydalana bilishini talab qiladi. Bugun MTTyoshidagi bolalarni ziyraklik bilan axborot texnologiyalarini o’zlashtirib olayotgani maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’quv tarbiya dasturlarini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni talab etadi. Shu kungacha mamlakatimizda bir qancha yangi maktabgacha ta’lim tashkilotsi qurildi va bog’chalarni kapital rekonstruksiya qilindi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi tayyorlanmoqda. Ushbu dastruda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish ularning moddiy texnik bazasini va kadrlar bilan taminlash darajasini yaxshilash ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy usullarni joriy qilish kabi keng ko’lamli vazifalarni belgilanmoqda. Jizzax viloyatida kelgusi besh yilda 135ta maktabgacha ta’lim tashkilotsini qurish rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari bajariladi. Ayni vaqtda bu sohada hususiy bolalar bog’chalari faoliyatini yo’lga qoyishga ham keng imkoniyat ochib berildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’lim sohasida quyidagi fikrlarga to’xtalmasdan ilojimiz yo’q. “Ta’limni tarbiyadan – tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi” bu sharqona qarash sharqona falsafadir. Zero millatimizning farqli jixati ham shundadir. Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat qurish yo`lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o`zligini anglashga, imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga va ma’naviy barkamol, intelektual, aqliy va amaliy jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda.
|
| |