|
1. Mavzu: Maktabgacha ta’limning mazmun- mohiyati va ta’lim tizimida tizimida tutgan o’rni reja
|
bet | 66/99 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 450,5 Kb. | | #255115 |
Bog'liq Jami ma\'ruza matniNazorat uchun savollar:
1.Rivojlanishning asosiy mazmuni nima?
2.SHaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar qaysilar?
3.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada?
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh hususiyatlarini izohlang.
5.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini asoslab bering.
41 Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari va ularni tashkil etish REJA: 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari 2 .Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tashkil etilishi 3.Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari
Respublikamizda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bor.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi yuridik shaxs bo‘lib, litsenziya asosida yoki boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida tashkil etiladi..
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritadigan, yuridik shaxs sifatida ma’lum muddatga davlat va xususiy sherik o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida xususiy investitsiyani jalb qilish, resurslarni birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsiga asos solindi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsiga O‘zbekistondagi yangi maktabgacha ta’lim tashkilotsidir.
|
| |