• Marketing tushunchasi va ta’riflari
  • 1-Mavzu: “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari




    Download 61.88 Kb.
    bet1/5
    Sana02.03.2024
    Hajmi61.88 Kb.
    #165351
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-Mavzu “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazi
    253762, 68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar, portal.guldu.uz-Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar., - , Topshiriq 3, 1 topshiriq (3), ny7rK8hRt4YcAwBbQSDkch7c98FT6Fq969V2Jsuq, Monitoring resuslarning atmasferaga tasiri, 520778, E va SI (BAZA), 1-mustaqil ish topshiriq, G\'aniyeva Mohlaroy 3-topshiriq (TA), 10 11 sinflar uchun fizika fanidan to\'garak mashg\'uloti ish rejasi 85569, G.X.Ergasheva, Tashqi taqriz -1

    1-Mavzu: “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari
    1-ma’ruza: Marketing tushunchasi va uning mohiyati
    Reja:

        1. Marketing tushunchasi va ta’riflari.

        2. “Marketing asoslari” fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari.

        3. Marketingning maqsadi.




    1. Marketing tushunchasi va ta’riflari

    Marketing - bu qat’iy fanning va bozorda samarali faoliyat ko’rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bo’lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko’pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing (market) so’zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi faoliyat” ma’nosini anglatadi.


    Marketing - murakkab, dinamik, ko’p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. So’nggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda ko’p ta’riflari berilgan. Ulardan ba’zi birlarini keltirishni lozim topdik.
    Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta’rifini quyidagicha ifodalaydi: “Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”.
    Boshqaruv muammolari bo’yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta’rifi esa quyidagicha: “Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi haridorlarni shunday o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o’zini-o’zi sotadi”.
    Fransuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta’rif ham Peter Drukker ta’rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: «Marketing -bu sotishni taminlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir».
    Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan tarifi esa quyidagicha: «Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir».
    Keltirilgan tariflardan ko’rinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub’ektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz. Demak, marketing bir vaqtning o’zida «ham mushohada va ham harakat jarayoni» ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda .Bugungi bozor iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub’ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tug‘dirmaydi.
    Respublikamizda ham so’ngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga talab va taklifni o’rganish bo’yicha marketing tatqiqotlarini o’tkazish mexanizmini ishlab chiqish borasida talaygina ishlar amalga oshrildi. Bu esa bizning davlatimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga muvofiq xo’jalik yuritish tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan dalolatdir.
    Bu yerda marketingning quyidagi asosiy tamoyillariga amal qilish talab etiladi:
    1. Iste’molchilar ehtiyoji bo’yicha qarorlar qabul qilganda talabning holati dinamikasi va bozor konyukturasini diqqat bilan o’rganish. Bu tamoyilga amal qilish mavjud talab va kutilayotgan talab darajasi bo’yicha bozor holatini, raqobatchilarning bozordagi faoliyatini, mijozlarning bozordagi hulq-atvori va ularning mazkur korxona tovariga munosabatlarini yaxshi bilishni ko’zda tutadi. Bu yerda marketingning bosh vazifasi mijozlarning nimani hohlashlarini tushunib yetishdan iboratdir.
    2. Ishlab chiqarishning talab strukturasi va bozor talabiga maksimal darajada mosligini ta’minlashga sharoit yaratish.
    Marketingning hozirgi zamon konsepsiyasi korxonaning butun faoliyati (ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, sotish va hokazo) iste’molchilar talabi va uning kelgusidagi o’zgarishi bilan bog‘liq bilimlarni o’z ichiga oladi. Marketing iste’molchilar talabi mavjud bo’lgan tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari demakdir. Marketing xizmati korxonaning ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy, moliyaviy siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda talabning holati va o’sish darajasini tahlil qilish asosida u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish zaruriyati bor yoki yo’qligi haqida xulosa qilinadi.
    3. Asosiy iste’molchilarga mazkur korxonaning tovarlari haqida ma’lumot berish va ularning aynan shu korxona tovarlarini sotib olishlariga asosan reklama va ruxsat etilgan boshqa vositalar orqali ta’sir ko’rsatish.
    Yangi tovarni yaratdim va ishlab chiqardim, bu yaratgan va ishlab chiqargan tovarlarim bozorga o’zi yo’l topadi deb o’ylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. Albatta, ko’pgina korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan sanaladi.
    Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham o’z o’rnini topmoqda. “Tadbirkor - iste’molchi” bozori munosabatlarida marketingning o’rnini 1-chizmada keltiramiz.

    Bozor to’g‘risida Talabni bashorat


    ma’lumotlar qilish va o’rganish


    Download 61.88 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 61.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari

    Download 61.88 Kb.