• Elektr mashinalarining tasnifi
  • Asinxron mashinalar
  • 1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja




    Download 113,33 Kb.
    bet11/27
    Sana23.11.2023
    Hajmi113,33 Kb.
    #104205
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
    Bog'liq
    1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t-fayllar.org

    6-Mavzu
    Elektr mashinalari
    Reja:
    1. Elektr mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar


    2. Elektr mashinalarida energiyaning clektromexanik o‘zgartirilishi


    Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik energiyaga (elektr motorlari) aylantira oladigan elektr-mexanik o'zgartgich (EMO‘)dir. Elektr mashinalarida energiyaning elektr-mexanik o‘zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan shuning uchun ham ularni induktiv elektr mashina- lari deyiladi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir. Elekr-mashinaviy o‘zgartir-gichlar(masalan, o‘zgaruvchan tok chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira oladigan,) va kam quvvatli elektr signallar vositasida nisbatan katta quvvatli obyektlarni boshqarishga imkon beruvchi elektr-mashinaviy kuchaytirgichlar ham EMO‘ hisoblanadi. Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o‘tkazgich (tranzistor, tiristor)li o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar sanoatda keng qo’llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlarni amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan.




    Elektr mashinalarining tasnifi. Aylanuvchi qismli elektr mashinalari tokning turiga ko‘ra o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinalariga bo'linadi. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bog'liq holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga bo‘linadi.
    Asinxron mashinalar tuzilishi, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatishning oddiyligi hamda yuksak ishonchliligi kabi afzalliklari tufayli turli xo‘jalik sohalarida asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi.
    Sinxron mashinalar elektr stansiyalarida sanoat chastotali (f = 50 Gz) o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generatorlar va mustaqil elektr energiya iste’molchilari (samolyotlar, katta kemalar va boshq.) uchun yuqori chastotali generatorlar sifatida qo‘llaniladi.

    Download 113,33 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




    Download 113,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja

    Download 113,33 Kb.