• Transformatorlarning parallel ishlashi
  • Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi




    Download 113,33 Kb.
    bet10/27
    Sana23.11.2023
    Hajmi113,33 Kb.
    #104205
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
    Bog'liq
    1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t-fayllar.org

    Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi

    Birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1 va quvvat koeffitsienti o‘zgarmas bo‘lganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish U2 ning yuklama toki I2 ga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq U2= f (I2) transformatorning tashqi xarakteristikasi deyiladi.4.17-rasmda transformatorning turli xil xarakterdagi yuklamalarga oid tashqi xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv yuklamada aktiv-induktiv yuklamada esa cosφ<1 va faza siljish burchagi φ>0 bo‘ladi. Nihoyat aktiv-sig‘im yuklamada cosφ2 <1 va φ<0 dir. Ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning o‘zgarishi:


    Bu yerda: U2n = U20 - transformator salt ishlagan paytda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; U2 - transformator yuklama bilan ishlayotgandagi kuchlanish.
    Tashqi xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv va aktiv-induktiv yuklama (iste’molchi) uchun ishlayotgan transformatordagi kuchlanish nominalidan doim ΔU ga kichik, aktiv-sig‘im xarakterli yuklamada esa ΔU ga ortiq bo‘ladi. Elektr iste’molchilari, asosan, aktiv-induktiv xarakterga ega bo‘ladi.
    Liniyadagi kuchlanishlarning pasayuvini hisobga olib iste,molchiga o‘rnatiladigan katta quvvatli transformatorlarning chiqish tomonidagi kuchlanishi, odatda, nominaldan 5 % ortiq qilib loyihalanadi.
    Transformatorlarning parallel ishlashi
    Sanoat korxonalarining podstan- siyalarida bir nechta transforma- torlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin. Transformatorlar alohida ishlaganda ularning ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro bog‘lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy yuklamaga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi. Masalan, yuklama kam bo‘lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo’yish mumkin. Shuningdek, kuchli yuklama ulanganda har bir transformatorga to‘g‘ri keladigan yuklama miqdorining kichikroq bo‘lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta’minlanadi.
    Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
    • Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak.


    • Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi).


    • Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari


    bir xil bo‘lishi kerak.


    Transformatorlarning parallel ishlash sxemasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg‘am zanjirida tokning yo‘qligi hamda yuklamaning paraltel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional ravishda to‘g‘ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.
    Nazorat savollari:

    1. Bir fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.


    2. Transformatorlarning ish rejimlari qanday?


    3. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi.


    4. Avtotransformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi?


    5. O’lchov transformatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi?


    6. Transformatorlardagi quvvat isrofi va ularning FIK?






    Download 113,33 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




    Download 113,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi

    Download 113,33 Kb.