|
1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja
|
bet | 8/27 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 113,33 Kb. | | #104205 |
Bog'liq 1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t-fayllar.orgAvtotransformatorlar
Past kuchlanishli chulg‘am yuqori kuchlanishli chulg‘amning bir qismini tashkil qilgan transformator avtotransformator deyiladi. U pasaytiruvchi va yuksaltiruvchi transformator bo‘lishi mumkin.
4.12-rasmda avtotransformatorning A-X chulg‘ami W1 o‘ramlardan iborat bo‘lib, U1 kuchlanishli o‘zgaruvchan tarmoqqa ulangan.
4.12-rasm. Avtotransformator sxemasi.
Chulg‘amning o‘ramlar soni W2 bo‘lgan a-x qismiga energiya iste’molchisi Zn ulangan.
Avtotransformator salt yurishida birlamchi kuchlanishning ikkilamchi kuchlanishiga nisbati uning transformatsiya koeffitsiyentiga yoki o‘ramlarning W1 va
W2 sonlarinig nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni:
Avtotransformatordagi elektr energiya isroflari kichik bo‘lgani uchun hisobga olinmasa, u holda yuklangan avtorasnformatorning birlamchi va ikkilamchi zanjirlaridagi quvvatlar bir-biriga teng bo‘ladi deb hisoblash mumkin:
I1·U1=I2U2
Istalgan paytda chulg‘amning a-x qismida bir-biriga qarama- qarshi toklar (I1 va
I2 ) oqadi. Shuning uchun chulg‘amning a-x qismidagi toklar I1 va I2 ayirmasiga teng:
I=I1-I2
Demak, chulg‘amning umumiy a-x qismi ko‘ndalang kesimi kichikroq bo‘lgan sim bilan bajarishi mumkin.
Moslab yasalganda avtotransformatorlar keng chegaralarda kuchlanishni ikkilamchi zanjirda bir tekis rostlashga imkon beradi.
Nazorat savollari:
Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Avtotransformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi?
4-Mavzu
Transformatorlarning turlari, kuchlanish transformatorining tuzilishi, vazifasi, asosiy texnik parametrlari
Reja:
Transformatorlarning turlari
Kuchlanish transformatorlari
O‘ lchash transformatorlari
Yuqori kuchlanishli zanjirlarda o‘lchash asboblari bilan ishlash xavfsizligi, shuningdek, bu asboblarning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun maxsus o‘lchash transformatorlari ishlatiladi.
|
| |