• Labirintli nasoslar
  • 1-mavzu: Nasoslar to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Turli xil nasoslarning vazifalari ishlash prinsiplari va qo‘llanish sohalari




    Download 4,16 Mb.
    bet13/22
    Sana31.01.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #148998
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word

    10-mavzu:
    Uyurma nasoslari.
    Reja:
    1. Uyurmali nasoslar .
    2. Shnekli nasoslar.
    Uyurmali nasoslar - ishqalanish nasoslari turiga kirib, maxsus ish g’ildirak 1 va qobiqdagi 2 halqasimon kanal va 3 oraliq to’sqichdan iborat rasm.
    Uyurmali nasos tasviri:
    ishchi g’ildirak; 2-halqasimon bo’linma (qobiq); 3-
    oraliq to’sqich
    Oraliq to’sqich 3 so’rish va bosimli qismlarni bir-biridan ajratib turadi. Ishchi g’ildirakni aylanishida
    suyuqlik uning uyalarida olib ketiladi va shu bilan birga markazdan qochma kuch ta`sirida suyuqlik oqimining buralishi yuz beradi. Shundan qilib halqasimon kanalda juftlangan uyurmali halqa hosil bo’ladi ya`ni suyuqlikka markazdan qochma va uyurmaviy kuchlar ta`sir etib, yuqori bosim hosil qilinadi.
    Uyurmali nasoslar markazdan qochma nasoslarga nisbatan 2…4 marta yuqori bosim hosil qiladi, lekin FIK 25…45 % teng. Uyurmali nasoslarning V, VS, VK, VKS, VKO, SVS turlari sanoatda ishlab chiqarilgan bo’lib, suyuqlik uzatish Q=1…50 m3/soat va bosimi N=25…160 m chegaralarda bo’ladi.
    Uyurmali o’zi so’ruvchi VS, VKS turdagi nasoslar suv to’ldiriladigan idish shaklidagi bo’linmaga ega bo’ladi. Tez to’nglaydigan (masalan fenol) suyuqliklarini uzatish uchun istiladigan VKO turdagi nasoslar qo’llaniladi. Uyurmali nasoslar asosan yordamchi nasoslar sifatida yong’in o’chirish va quritish tizimlarida qo’llaniladi.
    Labirintli nasoslarning ishlash tarzi uyurmali nasoslarga o’xshaydi. Labirintli nasos (2-rasm) ishchi g’ildiragi 2 (rotor) yuza qismi vint shaklidagi 3 kanallarga ega bo’lgan silindrdan iborat. Statorni ichki yuzasiga rotor kanallariga teskari yo’nalgan vintli kanallar o’yilgan bo’lib, ular orasidagi tirqish 0,3…0,4 mm ga teng. Rotor aylanishida uning vintli kanallaridan suyuqlik uyurmalari ajrab, qo’zg’almas stator kanallariga o’tadi va yana rotor kanallariga qaytadi. Harakat miqdorining almashuvi natijasida suyuqlikni aralashishi tezlashadi, hamda unga bosim energiyasi beriladi.

    rasm. Labirintli nasos tasviri:


    1-stator; 2-rotor; 3-rotorning vintli
    kanallari;
    4 -halqali ariqchalar
    Labirintli nasoslar kichik o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Ularning uzatishi Q=0,9…6 l/s va bosimi N=21…150 m chegaralarda bo’lib, FIK
    35…45 % tashkil etadi. Bu nasoslar asosan suv ta`minoti tizimlaridagi tozalash inshootining reagent xo’jaligida ishlatiladi.

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




    Download 4,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Nasoslar to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Turli xil nasoslarning vazifalari ishlash prinsiplari va qo‘llanish sohalari

    Download 4,16 Mb.