9.1-rasm. Bir tomonlama ishlovchi porshenli nasos tasviri:
1 va 5-so’rish va bosimli quvurlari; 2 va 4-so’rish va bosimli qopqoklari; 3-ish bo’linmasi; 6-porshen; 7-silindr; 8-dasta; 9-polzun (kreyskopf), 10-shatun; 11-krivoship
9.2-rasm. Bir tomonlama ishlovchi plunjerli nasos tasviri:
1-plunjer; 2-silindr; 9 va 3-so’rish va bosimli havo qalpoqlari; 4-bosimli quvur; 7 va 5-so’rish va bosimli qopqoqlari; 6-ish bo’linmasi; 8-so’rish havo bo’linmasi
Porshenli nasoslarning suyuqlik uzatishi kichik va bosimi yuqori bo’ladi ya`ni Q=0,01…250 m3/soat va H=0,25…250 mPa (H=2,5…2500 kg/sm2) chegaralarda ishlab chiqariladi.
Bir tomonlama va differensial ishlovchi bir porshenli nasoslarning sekundiga nazariy suyuqlik uzatishini (m3/s) quyidagi formula bilan topiladi:
; (9.1)
bu yerda n-porshenning bir minutdagi ikkilangan harakatlari soni yoki krivoshipning aylanish chastotasi, ay/min;
Nasosning haqiqiy suyuqlik uzatishi Q nazariy Qt qiymatidan kam bo’ladi. Chunki bir qism suyuqlik porshen va silindr orasidagi va salnikdagi tirqishlardan, so’rish va bosimli qopqoqlardan katta bosim tomondan kichik bosimli tomonga sirqib o’tadi. Bu sirqishlar hajmiy FIK ηx bilan hisobga olinadi. U holda nasosning haqiqiy suyuqlik uzatishi quyidagicha aniqlanadi:
Q= ηx Qt . (9.2)
Ikki tomonlama ishlovchi bir porshenli nasosning sekundiga suyuqlik uzatishi (m3/s):
(9.3)
Vintli nasoslar. Vintli nasoslarning ishchi element vintlar bo’lib, vintning aylanishida vint oralig’idagi chuqurchalarda suyuqlik harakatlanadi (3-rasm). Asosan bir, ikki va uch vintli nasoslar ishlab chiqariladi. Uch vintli nasosning suyuqlik uzatishi quyidagicha aniqlanadi:
(9.4)
bu yerda ηx–hajmiy FIK; t-vint qadami; D-o’rtadagi vintning boshlang’ich diametri; d-o’rtadagi vintning chuqurchasi aylanasi diametri, n-aylanish chastotasi.
|