|
-rasm. Markazdan qochma D turdagi nasosning tashqi ko’rinishi
|
bet | 7/22 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #148998 |
Bog'liq Документ Microsoft Word3.5-rasm. Markazdan qochma D turdagi nasosning tashqi ko’rinishi:
1-qobiq; 2 va 3-tayanch lappaklari; 4-qopqoq
3.6-rasm. Markazdan qochma D turdagi nasosning bo’ylama kesimi
D turdagi nasosning tashqi ko’rinishi va tuzilishi 2.5 va 2.6 –rasmlarda ko’rsatilgan. Nasosning so’rg’ichi va uzatkichi 1 qobiq, 2 va 3 tayanch lappaklari bilan umumiy bir butun quyma holda tayyorlangan. Qopqoq 4 gorizontal tekislikda yopilganligi, so’rg’ich va uzatkich qobiqning pastki qismiga joylashganligi nasosni ochib-berkitish, ta`mirlash va detallarini almashtirishni osonlashtiradi.
5-mavzu:
O‘qiy nasoslar.
Reja:
1. O’qiy nasoslar haqida tushuncha.
2. Cho‘ktiriladigan monoblok shakldagi ОПВ nasoslar
O’qiy nasoslar haqida tushuncha.Suyuqlik oqimi ishchi g’ildiragi o‘qi bo‘yicha harakatlanadigannasoslar o‘qiy nasoslar deb nomlangan (1-rasm). O‘qiy nasoslar gorizontal, vertikal va qiya valli, bir va ko‘p g’ildirakli tuzilishda ishlab chiqariladi. Respublikamiz va hamdo‘stlik davlatlari xalq xo‘jaligida, shuningdek, suv xo‘jalik tizimlarida asosan bir g‘ildirakli o‘qiy nasoslar keng qo’laniladi. Bir g’ildirakli o‘qiy nasoslami suv uzatishi Q = 0,072...54 𝑚3 / s va bosimi H = 2,5 ... 28 m chegaralarda bo’lib, tuzilishi bo‘yicha ikki xil turda tayyorlanadi.
1-rasm. o‘qiy nasos tuzilishi (a), ishchi g‘ildiragi (b) va kuraklarini burish mexanizmi (d): 1-ishchi g‘ildirak; 2-ish bo’linmasi; 3-to‘g‘rilovchi moslama; 4 va 9-pastki va yuqori podshipniklar; 5-diffuzor; 6-nasos qobig‘i; 7-val; 8-kuraklarini burish dastasi; 10-lappakli mufta. -O turdagi nasoslar: ishchi gMldiragi diametri D 870 mm, kurakiari buriluvchan va ish bo’linmasi sfera shaklida (Ori-≪osevoy, povorotnolopastnoy ≫). Kuraklarini burish yo’li bilan nasosni ish ko‘rsatkichlarini (Q va H) keng chegarada o‘zgartirish mumkin. Gorizontal valli nasostaming belgisida Г harfi keltirilib, ular ishchi g‘ildiragi diametri D 470 mm oichamlarda ishlab chiqariladi. Vertikal o‘qiy nasos kesimi 1- rasmda tasvirlangan. Ishchi g‘ildirak (1) gubchak va unga mahkamlangan nosimmetrik shaklli kuraklardan iborat bo‘lib, sfera shaklidagi (2) ish bo’linmasiga joylashtirilgan. Ishchi g'ildirak aylanishida nosimmetrik profildagi kuraklami suyuqlik oqib o‘tish jarayonida ko‘tarish kuchi paydo bo’ladi va oqimning o‘q bo‘ylab harakati vujudga keladi. Ishchi g‘ildirakni aylanishi oqimning ilgarilanmaaylanma harakatlanishiga sabab bo'ladi. Aylanma harakatni to‘g‘ri chiziqli harakatga keltirish uchun 3 to'g'rilovchi moslama o‘matiladi. Ishchi g‘ildirak (1) ichi bo‘sh (3) valning pastki qismiga mahkamlanadi. Val ichida (8) dasta kuraklami burish mexanizmini uning uzatmasi bilan bog‘lab turadi (1,d-rasm). To‘g‘rilovchi moslama (3) gubchagi ichiga joylashtirilgan pastki (3) va (9) yuqori radial sirpanma podshipniklar (7) valning.tayanchi bo‘lib hisobladi. Sirpanma podshipniklar rezina yoki lignofol (qatlangan yog‘och plastika) materialdan tayyorlangan. Podshipniklarga tindirilgantoza SUV maxsus nasos bilan berilib, moylab turiladi. Podshipniklarni moylash suvi sarfi ishchi g’ildiragi diametri D=1100...2600 mm bo’lgan nasoslar uchun 0,5...2 1/s miqdorda bo’ladi. Yuqoridagi (9) podshipnik ustida salnik o‘matiladi. Gidravlik o‘qiy kuchlarni va nasos rotori (aylanadigan detallari) massasini elektr dvigatelning tayanch qismlari qabul qiladi. Nasos ishchi g'ildiragi kuraklari soni 2 tadan 6 tagacha bo’lib, 1 ishchi g‘ildirak va 2 ish bo’linmasi orasidagi tirqish uning diametridan 0,1 % miqdorda qabul qilinadi, ya’ni D=1 m bo’lganda, S=1 mm ga teng bo’ladi. ОП turdagi nasoslar ishchi g ‘ildiragi kuraklarini burish mexanizmiga ega bo’ladi (1, d-rasm). Ishchi g’ildiragi diametri D=1100 mm gacha nasoslar elektr uzatma, D=1850...2600 mm gacha nasoslar - elektrogidravlik uzatma va D=1450 mm li nasoslar har ikki turdagi uzatmalar bilan jihozlangan bo’lishi munikin. Nasoslarning belgilariga ulaming tuzilishi va foydalanish shartlarini ko‘rsatuvchi harflar kiritilishi mumkin. Masalan, ОП2-110Е-УЗ, ОП2-110МКЭ, ОП10-Т85ЭГ, ОП5-87МБК belgili nasoslarda 2, 10, 5 - nasos andozasi tartibi, 110,185,87-ishchi g‘ildiragi diametri (sm), Эkuraklari elektr uzatma yordamida buriladi, ЭГ-kuraklari elektrogidravlik uzatma yordamida buriladi, K-suv ≪kamera≫ ko'rinishida keltiriladi, M- ≪malogabaritniy≫ (ruscha so‘zdan olingan), МБ-monoblokli, y-iqlimga moslab tayyorlangan, 3-joylashtirish toifasi.Nasosning vali, ish bo'linmasi, gubchak, uzatkich, burilish qismi, ishchi g‘ildirak kuraklari-po’lat, diffuzor va to‘g‘rilovchi moslamacho'yan, podshipniklarni sipralma qismi-rezina qoplangan po‘lat materialdan tayyorlanadi.
Ko’p pog’onali nasoslarda uzatilayotgan suyuqlik bitta valga o’rnatilgan bir nechta ishchi g’ildiraklardan ketma-ket o’tadi (3.7-rasm). Ishchi g’ildiraklarning suyuqlik uzatishi bir xil, lekin nasosning bosimi esa ishchi g’ildiraklar bosimlari yig’indisiga teng bo’ladi. Suyuqlik uzatishi va bosimi bo’yicha ko’p pog’onali nasoslar Q=1…1000 m3/ soat va H=40…2000 m gacha chegaralarda ishlab chiqariladi.
Bosimi pog’ona tarzida ortib borishini hisob olib, bu nasoslar ko’p pog’onali (ya`ni ruscha mnogostupenchatiy seksionniy) deb nomlanib, MC, M, MD yoki yangicha sNC, sN harflari bilan belgilanadi (bu yerda, D-«dvuxstoronniy» so’zini birinchi harfi bo’lib, birinchi g’ildiragiga ikki tomonlama suyuqlik kiradi, sNS-«sentrobejniy nasos seksionniy» so’zlarining birinchi harflari). Ko’p pog’onali MS (SNS) nasosidagi suyuqlik harakati sxemasi 3.7-rasmda ko’rsatilgan.
|
| |