|
-mavzu:
Markazdan qochma nasoslar
|
bet | 5/22 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #148998 |
Bog'liq Документ Microsoft Word4-mavzu:
Markazdan qochma nasoslar.
Reja:
1. Markazdan qochma nasoslar.
Markazdan qochma nasosning (3.1-rasm) asosiy ishchi elementi qobiq 3 ichida 1 valga o’rnatilgan, erkin aylanuvchi 2 ishchi g’ildirak bo’lib, suyuqlikni unga kirishi o’q yo’nalishida va chiqishi g’ildirak kanallari orqali radius yo’nalishida bo’ladi. Ishchi g’ildirak ikkita (old va orqa) gardishlar va ular orasiga joylashgan kuraklardan tashkil topgan bo’lib, kuraklar g’ildirak aylanishiga teskari tomoniga egilgan holda tayyorlanadi. Suyuqlik ishchi g’ildirakdan qobiq ichidagi 3 spiralsimon olib ketuvchi moslama yordamida 13 uzatkichga chiqariladi.
Ishchi g’ildirak aylanganda kuraklari oraligida uning o’qidan r radiusda joylashgan har bir m massali suyuqlik hajmiga ta`sir etuvchi markazdan qochma kuch
, (3.2)
bu yerda valning aylanish burchak tezligi.
Ana shu markazdan qochma kuch ta`sirida suyuqlik g’ildirakdan chiqishi natijasida uning atrofida bosim ortadi, ishchi g’ildirak markazida bosim pasayadi (vakuum hosil bo’ladi), hamda suyuqlikning so’rish quvuridan uzluksiz kelishi ta`minlanadi.
Hozirgi kunda ahamiyati va ishlash sharoiti bo’yicha ko’p turdagi xilma-xil tuzilishdagi markazdan qochma nasoslar ishlab chiqilgan.
Konsol turdagi markazdan qochma nasoslar
Konsolli markazdan qochma nasosning umumiy shakli 2.1-rasmda keltirilgan. Bu gorizontal valli bir g’ildirakli nasos bo’lib, ishchi g’ildiragi valning muallaq qismiga mahkamlangani uchun «konsolli» nasos deb nomlangan.
Konsolli nasosning kesimi va asosiy detallari 3.2-rasmda, tashqi ko’rinishi esa 3.3-rasmda berilgan. Bu yerda 4 ishchi g’ildirak 12 valga shponka yordamida o’rnatilib, 21 gayka bilan mahkamlangan. Qobiq 7 ichki qismi spiralsimon bo’linma shaklida bo’lib, 6 uzatkich bilan bir butun holda cho’yandan quyilgan va 15 yog’-vannali tayanch turimlariga boltlar bilan o’rnatiladi. Tayanch turimlariga o’rnatilgan 13 podshipniklar 12 po’lat valning tayanchlari bo’lib, o’qiy va radial hosil bo’ladigan kuchlarni qabul qiladi. O’qiy kuchlarni muvozanatlash maqsadida 4 ishchi g’ildirakning orqa lappagida 23 kuch yengillatuvchi bir nechta teshikchalar ko’zda tutiladi.
Nasos ichki bo’linmasini tashqi muhitdan ajratib turish uchun yog’ emdirilib ip-gazlama arqondan tayyorlangan 10 halqasimon o’ramlar, 11 qopqog’i va 20 qobig’idan iborat salnik bo’g’ini zarur.
Ishchi g’ildiragi orqa gardishiga kuch yengillatuvchi 23 teshikchalar o’rnatiladigan nasoslarda uning ichiga salnik va val orasidan havo kirishini oldini olish maqsadida salnikning 10 halqasimon o’ramlari o’rtasiga 19 gidravlik halqa o’rnatilib, unga spiralsimon bo’linmadagi bosimli suvdan beriladi va «gidravlik qulf» hosil qilinadi. Ish jarayonida salnikdan tashqariga suv oqimchasini me`yordan ortib borishi kuzatib boriladi va 11 qopqoq bilan sozlab turiladi. Ishchi g’ildirak 4 gardishlari yoni bilan 7 qobiq oraligidagi bo’shliqlardan bosimlar farqi hisobiga so’rish tomoniga qaytib o’tuvchi oqimchalar miqdorini kamaytirish uchun har ikki tomoniga 2 va 3 zichlash- saqlash halqalari o’rnatiladi.
3.1-rasm. Markazdan qochma nasosning ishlash tasviri:
1-val; 2-ishchi g’ildirak; 3-spiralsimon bo’linma (olib ketuvchi moslama); 4-havo chiqarish teshikchasi bolti; 5-zichlash-saqlash halqasi; 6-bosimli salnik; 7-himoya g’ilofi; 8-salnik qopqogi; 9-podshipnik; 10-yarimmufta; 11 va 14-zichlash qismlari; 12-so’rg’ich; 13-uzatkich; 15-o’qiy kuchni yengillatuvchi teshikchalar
3.2-rasm. Konsolli K turdagi markazdan qochma nasosning tuzilishi:
1-so’rg’ich (nasos qopqog’i bilan); 2-zichlash halqasi, 3-himoyalash halqasi; 4-ishchi g’ildirak; 5-havo so’rib olish teshigi bolti; 6-uzatkich; 7-spiralsimon bo’linmali qobiq; 8-kronshteyn; 9-himoya g’ilofi; 10-salnik o’ramlari; 11-salnik qopqog’i; 12-val; 13-sharikli podshipniklar; 14-tayanch g’ilofi; 15-tayanch turimi (yog’ idishi bilan); 16-tayanch g’ilofi qobig’i; 17 va 18-nasos va dvigatel vallaridagi yarim muftalar; 19-gidravlik zichlash halqasi; 20-salnik qopqog’i; 21-gayka; 22-gruntbuksa; 23-kuch yengillatuvchi teshikchalar
Markazdan qochma nasos va uning so’rish quvuri yurgizishdan avval suvga to’ldirilishi lozim. Buning uchun 5 bolt olinib, teshikchadan vakuum-nasos yordamida havosi so’rib olinadi yoki o’sha teshikchadan suv qo’yib to’ldiriladi.
Monoblok ko’rinishidagi (KM) konsolli nasoslar K turdagi nasoslarga nisbatan ancha ixcham va yengil bo’ladi. Chunki nasos ishchi g’ildiragi elektr dvigatel valining oxirgi qismiga joylashtirilib, nasosga podshipnik va yarim muftalar o’rnatilmaydi. Nasosning qobig’i elektr dvigatel flanesi (gardishi) uchiga mahkamlanadi.
|
| |