|
b)Hisobiy usulda nasosning bosimini aniqlash
|
bet | 4/22 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #148998 |
Bog'liq Документ Microsoft Wordb)Hisobiy usulda nasosning bosimini aniqlash. Buning uchun tenglashtirish tekisligi 0-0 ga nisbatan so’rish qismidagi 1-1 va 2-2, hamda bosimli qismidagi 3-3
5 – rasm. Nasos qurilmasining o’rnatilish shakllari
va 4-4 kesimlar uchun ikkita Bernulli tenglamasi tuzamiz:
(1.11)
(1.12)
bu yerda Σhws va Σhwx - so’rish va bosimli quvurlaridagi bosim isroflari, m; Vp.s va Vyu.s – pastki va yuqori havzalardagi suvning tezliklari, m/s.
Yuqoridagi (1.11) va (1.12) tenglamalardan yuqori va pastki suv sathidagi tezliklar Vp.s=Vyu.s=0 qabul qilib, va qiymatlarini topamiz:
(1.13)
(1.14)
Ushbu (1.13) va (1.14) formulalardan. va deb belgilasak, vakuummetr va manometrni ko’rsatishlarini hisoblab aniqlash mumkin:
Demak, ochiq havzalarga ishlaganda nasosning bosimi suyuqlikni to’la geodezik balandlikka ko’tarishga va quvurlardagi gidravlik qarshiliklarni yengishga sarflanadi.
3-mavzu:
Parakli nasoslarning tuzilishi va ishlatish prinsipi.
Reja:
1. Parrakli nasoslar klassifikatsiyasi, ishlash tomoyili va konstruksiyalari.
2. Markazdan qochma nasoslarning turlari va konstruksiyalari.
3. Markazdan qochma nasosning ishlash tarzi.
Tayanch so’z va iboralar: Parrakli (kurakli) nasos, Markazdan qochma nasos, nasos konstruksiyasi.
Kurakli nasoslarda dvigateldan olingan mexanik energiya suyuqlikni kuraklaridan oqib o’tish jarayonida uning gidravlik energiyasiga aylanadi ya`ni suyuqlikning statik va dinamik bosimi ortadi.
Kurakli nasoslar quyidagicha tasniflanadi:
- ishchi g’ildiragi shakli bo’yicha: markazdan qochma, o’qiy va diagonal;
- ishchi g’ildiraklar soni bo’yicha: bir g’ildirakli, ko’p g’ildirakli (ko’p pog’onali);
- suyuqlikni ishchi g’ildirakka kirish xususiyati bo’yicha (markazdan qochma nasoslarda): bir tomonlama, ikki tomonlama;
- valini o’rnatilish holati bo’yicha: gorizontal, vertikal va qiya valli;
- bosim hosil qilishi bo’yicha: past bosimli (H<20 m), o’rta bosimli (H=20…60 m), yuqori bosimli (H>60 m);.
- tezkorligi bo’yicha: markazdan qochma: sekinyurar (ns = 40…80), o’rtacha tezkorlikdagi (ns = 80…150), tezkor (ns=150...350); diagonal (ns=350…600), o’qiy (ns=600...1200);
- ahamiyati bo’yicha: umumiy vazifani bajaruvchi; maxsus vazifani bajaruvchi ya`ni ximiyaviy aktiv suyuqliklar uchun, ifloslangan kanalizasiya suvlari uchun, loyqa, qum yoki kul aralashmasi uchun, issiq suvlar uchun va hokazo.
Bir xil tuzilishdagi va turli foydalanish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan barcha nasoslar har biri o’z belgisi bilan farqlanadi. Kurakli nasoslarning umumiy belgilanish tartibi quyidagicha:
T Qc – H yoki T - Qc / H (3.1)
Ayrim turdagi nasoslarning belgilariga qisman o’zgartirishlar kiritilgan, ya`ni:
- K turdagi markazdan qochma nasoslar: a K-Qc / H;
- V turdagi vertikal valli markazdan qochma nasoslar: Dn B – Q / H;
- EVS turdagi markazdan qochma artezian nasoslari: ESV α -Qc/H;
- O, OP turdagi o’qiy nasoslar OP m - Di.g’ ;
- boshqa turdagi markazdan qochma va o’qiy nasoslar (ifloslangan, qattiq zarrachali, loyqa aralashmasi uchun, suvga cho’ktiriladigan): T Qs - H;
bu yerda T-nasos turi; Qs,Q-nasosning suyuqlik uzatishi, mos ravishda m3/soat, m3/s; H-nasosning bosimi, m; a – so’rg’ichini 25 marta kamaytirilgan diametri, mm; Dn- uzatkichi diametri, mm; α- artezian qudug’ining o’rama quvurini 25 marta kamaytirilgan ichki diametri, mm; m-andoza (model) tartibi; Di.g’ –ishchi g’ildiragi diametri, sm.
20>
|
| |