|
-rasm. Nasos qurilmasining shakli
|
bet | 3/22 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #148998 |
Bog'liq Документ Microsoft Word3-rasm. Nasos qurilmasining shakli.
1-nasos; 2-elektr dvigatel`; 3-difmanometr; 4-Venturi quvuri; 5-qulfak
Statik bosim yoki to’la geometrik (geodezik) uzatish balandligi Hg yuqori va pastki havzalardagi suv sathlari belgilari ayirmasidan kelib chiqadi (1.5-rasm):
, (1.2)
yoki Hg=hs+hx (1)
bu yerda hs va hx – geometrik so’rish va haydash balandliklari, m.
Pastki suv sathidan nasosning o’qigacha balandlik hs geometrik (geodezik) so’rish balandligi deyiladi (2-rasm). Nasos o’qi pastki suv sathidan pastroqqa joylashtirilgan hollarda, geometrik so’rish balandligi manfiy qiymatga ega bo’ladi (2,b-rasm). Nasos o’qidan yuqori suv sathigacha balandlik hx geometrik (geodezik) haydash balandligi deyiladi.
Agar suyuqlik atmosfera bosimidan ortiq P manometrik bosimli idishga chiqarilsa, u holda statik bosim teng
(1.4)
bu yerda γ – suyuqlikning solishtirma og’irligi (γ=ρg=9806 N/m3); P - idishdagi manometrik bosim, Pa ;
4-rasm. Nasoslarning geodezik so’rish balandligini aniqlash tasvirlari:
a-gorizontal valli markazdan qochma nasos; b-vertikal valli o’qiy nasos; v - vertikal valli porshenli nasos
Nasosning bosimi (H) deb, undan o’tayotgan har bir kg suyuqlikka berilgan solishtirma energiya miqdoriga aytiladi. O’lchov birligi: m suv ustuni, kgs/sm2 , mPa. Nasosning bosimi ikki xil usulda aniqlanadi:
a) amaliy usul ya`ni ishlab turgan qurilmalarda bosim o’lchov asboblari (manometr, vakuummetr) yordamida aniqlash; b) hisobiy usul ya`ni loyihalashda to’la geodezik uzatish balandligi va quvurlardagi qarshiliklar yig’indisi sifatida aniqlash.
a) Amaliy usul bilan nasosning bosimini aniqlash.
Tenglashtirish tekisligi 0-0 nisbatan nasosning so’rg’ich qismi 2-2 kesimidagi to’la solishtirma energiya (1- rasm ):
(1.5)
Tenglashtirilgan tekisligi 0-0 nisbatan nasosning uzatgich qismi 3-3 qismidagi to’la solishtirma energiya.(1 - rasm):
(1.6)
bu yerda, Ps va Vs–mos ravishda so’rg’ichdagi absolyut bosim va suyuqlik tezligi (Pa va m/s); Px va Vx - mos ravishda uzatgichdagi absolyut bosim va suyuqlik tezligi (Pa va m/s); hs-so’rish balandligi, m ; Z -.vakuummetr va manometr oralig’idagi balandlik.
Nasosning bosimi uzatgich va so’rg’ich qismlaridagi solishtirma energiyalar farqiga teng:
(1.7)
Ushbu (1.7) tenglamaning o’ng tomoniga Pa /γ qiymatni qo’shib va ayirib, so’ng Px-Pa=Pman – atmosfera bosimidan ortiqcha manometrik bosim va Pa-Ps=Pvak - atmosfera bosimidan kam vakuummetrik bosim ekanligini e`tiborga olib, quyidagi formulani hosil qilamiz:
(1.8)
bu yerda va - vakuummetr va manometrning m suv ustunidagi ko’rsatkichlari.
Nasos qurilmasi sifon ko’rinishida bo’lsa so’rg’ich va uzatkich qismlariga vakuummetrlar o’rnatiladi va bosim quyidagicha aniqlanadi (3, b-rasm):
(1.9)
Agar nasosning geodezik so’rish balandligi hs qiymati manfiy bo’lsa (3,d-rasm), u holda so’rg’ich va uzatkich qismlariga manometrlar o’rnatilib, uning bosimi quyidagi formula bilan topiladi:
(1.10)
Amaliyotda nasoslarni yuqorida keltirilgan uch xil shaklda o’rnatiladi (3-rasm).
|
| |