|
-rasm. Konsolli K turdagi nasos agregatning tashqi ko’rinishi
|
bet | 6/22 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #148998 |
Bog'liq Документ Microsoft Word3.3-rasm. Konsolli K turdagi nasos agregatning tashqi ko’rinishi
Konsolli markazdan qochma nasoslar qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa sohalarda keng tarqalgan bo’lib, harorati 850S gacha bo’lgan toza suv va boshqa noagressiv suyuqliklarni uzatish uchun mo’ljallangan. Bu nasoslar suyuqlik uzatishi Q=1,5…98 l/s va bosimi H=9…95 m chegaralarda ishlab chiqariladi. Konsolli K turdagi nasoslarning kamchiligi:
- o’qiy kuchlar nomuvozanatligi podshipniklarning ishlash muddatini qisqartiradi;
- kuch yengillatuvchi teshikchalar nasosning FIKni kamaytiradi;
-qobig’ining vertikal tekislikda ochilishi ta`mirlashni qiyinlashtiradi, chunki so’rish quvurini ham ochish zarur bo’ladi.
Ikki tomonlama suyuqlik kiradigan D turdagi markazdan qochma nasoslar
Suyuqlik ishchi g’ildiragiga ikki tomonidan kiradigan tuzilishda tayyorlanganligi uchun bu nasoslarni ruscha «dvuxstoronniy» so’zini birinchi harfi «D» bilan belgilangan. Ikki tomonlama suyuqlik kiradigan D turdagi markazdan qochma nasoslar suyuqlik uzatishi Q=30…3500 l/c, bosimi H=12…137 m chegaralarda ishlab chiqariladi. D turdagi nasoslar tuzilishi mukammal va eng ko’p tarqalgan bir pog’onali nasoslar turiga kiradi. Chunki ular quyidagi afzalliklarga ega: ikki tomonlama ishchi g’ildirak qo’llanishi hisobiga K turdagi nasosga nisbatan ikki barobar ko’p suyuqlik chiqaradi; o’qiy kuchlar muvozanatlashgan va yaxshi kavitasion xususiyatlarga ega; qobig’i ochilishi gorizontal tekislikda bo’lganligi sababli ta`mirlashda ochish-yig’ish ancha oson.
Nasos detallarining tuzilish sxemasi 3.4-rasmda keltirilgan. Ishchi g’ildirak 2 ikki tomonidan tashqi gardishlar va ichki tomondan 1 valga mahkamlangan g’ilofdan iborat.
3.4-rasm. Markazdan qochma D turdagi nasosning tuzilishi sxemasi:
1-val; 2-ishchi g’ildirak; 3-qobiq ichidagi spiralsimon olib ketuvchi moslama (kanal); 4-havo so’rib olish teshikchasi qopqog’i; 5-zichlash-saqlash halqasi; 61-so’rish salnigi; 7-himoya g’ilofi; 8-salnik qopqogi; 9-podshipnik; 10-yarimmufta; 16-oziqlantiruvchi quvurcha;.17-gidravlik zichlash halqasi
Bosimli suyuqlikni 3 spiralsimon moslamadan so’rish qismiga qaytib oqib o’tishini kamaytirish uchun 5 zichlash halqalari ishchi g’ildirak gardishining o’ng va chap tomonlariga kichik o’lchamdagi tirqish bilan o’rnatiladi. G‘ilof 7 valni himoyalash bilan birga ishchi g’ildirakni o’q bo’yicha siljishiga yo’l qo’ymaydi. Qobiqdan 1 valni chiqish joylariga har ikki tomonidan 61 so’rish salniklari va 17 gidravlik halqa o’rnatilib, havo so’rilishga yo’l qo’ymaslik va sovitish uchun unga 16 oziqlantiruvchi quvurcha bilan 3 spiralsimon olib ketuvchi moslamadagi bosimli suvdan yuboriladi. Valning tayanchi 9 podshipniklar nasos o’qi bo’yicha ochiladi.
|
| |