|
1-mavzu: Nasoslar to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Turli xil nasoslarning vazifalari ishlash prinsiplari va qo‘llanish sohalari
|
bet | 14/22 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #148998 |
Bog'liq Документ Microsoft WordShnekli nasoslar ishqalanish nasoslar turiga kirib, Arximed vinti deb ham yuritiladi. Ularning asosiy ishchi elementi shnek–valga spiralsimon shaklda o’ralgan tekis metal tasmadan iborat (3-rasm).
Val pastki va yuqoridagi podshipniklarga tayangan holda aylanadi. Suyuqlik nasos o’qi bo’yicha yuqoriga ko’tariladi. Valning aylanish chastotasi 25…100 ay/min, aylanma tezligi 2…5 m/s, ishchi elementi diametri 0,65…3 m gacha, suyuqlik uzatishi Q=5 m3/s va uzatish balandligi N=7,5 m gacha bo’lgan shnekli nasoslar ishlab chiqarilgan bo’lib, ularning FIK 55…75% ni tashkil etadi.
rasm. Shnekli nasosning o’rnatish tasviri:
1-shnek spirali; 2,5-yuqoridagi va pastdagi podshipniklar; 3,4-yuqori va pastki suv bo’linmalari;
Shnekli nasoslar tuzilishi sodda, ishlatish oson, puxta, chidamli, ifloslangan suyuqliklarni uzatish imkoniyati yuqoriligi kabi afzalliklari bilan boshqa turdagi nasoslardan ajralib turadi.
11-mavzu:
Oqimli nasoslar.
Reja:
1. Oqimchali nasoslar .
2. Oqimchali nasoslarniishlatish.
Oqimchali nasoslar ham ishqalanish nasoslari guruhiga kiradi. Bu nasos harakatlanadigan ishchi elementga ega bo’lmaydi. Uzatiladigan suyuqlik ishchi suyuqlik kinetik energiyasini olib, yuqoriga ko’tariladi (1-rasm).
1-rasm. Oqimchali nasos tasviri:
İshchi suyuqlik uzatish quvuri; 2- konus naycha; 3-oqimcha; 4- aralashish bo’linmasi; 5-diffuzor; 6- bosimli quvur; 7-so’rish quvuri; 8- bo’g’iz
Uzatish quvuri 1 orqali ishchi suyuqlik 2 konus naychaga 20…30
m bosim bilan beriladi va undan 3 oqimcha shaklida chiqadi. Ushbu oqimcha 4 aralashish bo’linmasidagi havoni o’zi bilan ilashtirib, 8 bo’g’iz va 5 diffuzorga olib ketadi. Natijada 4 aralashish bo’linmasida bosim pasayadi va pastki sathdan suv 7 so’rish quvuri orqali aralashish bo’linmasiga ko’tariladi. Aralashish bo’linmasida ishchi suyuqlik 7 so’rish quvuridan ko’tarilgan suyuqlik bilan aralashib, unga o’z energiyasini beradi va diffuzor 5 hamda bosimli quvur 6 orqali yuqori sathga ko’tariladi. Diffuzorda suyuqlik tezligi kamayib, statik bosimi ortadi.
O qimchali nasoslarning FIK ancha past (15…30%) bo’ladi. Lekin shunga qaramay loyqa suyuqliklarni uzatishda, quduqdan suv chiqarishda, qurilish ishlari bajarishdagi suv chiqarish va suv sathini pasaytirishda, suv olish inshootlaridagi cho’kindilarni chiqarishda, markazdan qochma nasoslarni ishga solishdan avval suvga to’ldirishda keng qo’llaniladi. Chunki oqimchali nasoslarning tuzilishi sodda, o’lchamlari kichik, yeyiladigan va aylanadigan detallar yo’q, ishonchliligi yuqoridir.
Konus naychadan chiqayotgan oqimchani tezligi qancha katta bo’lsa, oqimchali nasosning bosimi N shuncha yuqori bo’ladi. Konus naychadagi ishchi suyuqlik tezligi 20…50 m/s, so’rish va uzatish quvurlaridagi tezlik 2…3 m/s qabul qilinadi. Quduqlardan suv chiqarishda oqimchali nasos markazdan qochma nasos so’rish balandligi orttirish uchun qo’llaniladi. 2-rasmda quduqdan suv oluvchi oqimchali nasos markazdan qochma nasosning so’rish quvuriga o’rnatilgan tasviri keltirilgan.
rasm. Quduqdan suv chiqaruvchi oqimchali nasos qurulmasining tasviri:
1-markazdan qochma nasos; 2-o’rama quvur; 3- oqimchali nasosning suv ko’tarish quvuri; 4-bosimli suv berish quvuri; 5-diffuzor; 6-aralashish bo’linmasi; konus naycha; 8-so’rish qopqog’i.
Oqimchali nasosga suyuqlik markazdan qochma nasos bosimli quvuridan uzatiladi. Bu holda u quduqdagi suvni 30…40 m balandga ko’tarib, markazdan qochma nasos so’rish imkoniyatiga ega bo’ladigan sathgacha yetkazib beradi. Hozirgi davrda quduqqa o’rnatiladigan markazdan qochma artezian nasosi va oqimchali nasos birlashgan ya`ni bitta qobiqqa joylashtirilgan nasoslar ham ishlab chiqarilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Nasoslar to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Turli xil nasoslarning vazifalari ishlash prinsiplari va qo‘llanish sohalari
|