|
1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida Innovatsiya va uning turlari. Reja
|
bet | 22/25 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 440,95 Kb. | | #156812 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi si2. Kognitiv tarkibiy qism o’zida jamoa a’zolarining kelgusi yangilanishlardan xabardorligi, shu bilan birga innovatsiya sub’ektlarining professional bilim darajasini aks ettiradi.
3. Kreativ tarkibiy qism professional faoliyatni amalga oshirishda muassasa xodimlarida ijodiy yondashuvning mavjudligi, ularning muammoli vaziyatlarda nostandart fikrlay olish, biqiq fikrlash va faoliyat ko’nikmalariga egaliklarini aniqlab beradi.
4. Psixologik muhitda namoyon bo’luvchi muassasaning tashkiliy madaniyati, qadriyatga yo’nalganligi, ijtimoiy ustanovkalar, jamoa a’zolarining xatti-harakatlari innovatsion salohiyatning regulyativ tarkibiy qismi mazmun-mohiyatini ochib beradi.
5. Jamoa a’zolarining innovatsiyani o’zlashtirish jarayoni, ularning faoliyatiga ta’sir etishi, uni kuchaytirishi yo susaytirishi xissiy-emotsional tarkibiy qism bilan belgilanadi.
6. Motivatsion tarkibiy qism jamoa a’zolarining yangilikka munosabatini aniqlash: innovatsion faoliyatga da’vat etish, uning chegara va shakllarini belgilab berish, ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan, mo’ljallangan motivlardan tarkib topadi.
Motivatsion-ijodiy yo’nalganlik pedagog-kadrlarda quyidagi ehtiyoj va qobiliyatlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi:
pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart bo’lmagan yondashuvlarni izlab topish;
izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish;
yangiliklarni amaliyotda qo’llay olish uchun mavjud bilimlardan foydalana olish va ularni rivojlantirish;
pedagogik refleksiyani amalga oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarga doir o’zgarishlarga tez moslasha olish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O’qituvchilarning innovatsion faoliyati haqidagi fikringiz?
2.Pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish mazmuni nimalardan iborat?
3.Pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishningtuzilishi va o’ziga xosliklari nimalardan iborat?
|
| |