№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

1. “Aqliy hujum” usuli. 
Mavzu bo‘yicha keng va har tomonlama 
fikr yuritish, muammoni mustaqil tushunish va muammoni yechishda 
talabalar motivatsiyasini uygo‘tishga o‘rgatadi. Ilm oluvchilarni o‘z 
bilimi va ijodiy tafakkuriga tayanib ish yuritishga undaydi. 
Aqliy hujum – bu: 
– muammoni yechishning novatorlik metodi; 
1
Saidahmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar : nazarya va amalyot. T.” Moliya “ nashiryoti 2003 93 bet


258 
– qisqa vaqt ichida juda ko‘p fikrlar; 
– fikrlashda erkinlik, o‘z xatti-harakatidan mamnun bo‘lish 
(qanchalik kutilmagan fikr bo‘lsa shuncha yaxshi); 
– tanqidning mavjud emasligi (fikrni har qanday baholash keyinga 
qoldiriladi); 
– bu o‘zining va boshqalarning fikrini rivojlantirish, uyg‘un-
lashtirish va o‘zgartirish. 
Ushbu metod quyidagi ketma-ketlikni qamrab oladi: 
1) mavzu tanlanadi; 
2) mavzuning asosiy tavsifi yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi; 3) 
har bir tavsif yoki uning qismini bajarishning barcha imkoniyatlari 
sanab o‘tiladi; 4) ob’ektning barcha qismlarini bajarish bo‘yicha eng 
qiziqarli variantlar tanlab olinadi. 
1. Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish: 
O‘quv guruhi tinglovchilari ichidan takliflarni ishlab chiquvchi 
kichik guruh shakllantiriladi (qoidaga ko‘ra 5-10 kishi) va ular 
tomonidan ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish va eng yaxshi-larini 
tanlab olish uchun o‘quv guruhining qolgan tinglovchilaridan 
ekspertlar guruhi tashkil etiladi (taklif ishlab chiquvchilarning o‘zi 
takliflarni ishlab chiqqanidan so‘ng ekspert sifatida ishtirok etishi 
mumkin). 
Mashg‘ulotdan bir -ikki kun oldin ishtirokchilarni mavzu va vazifa 
mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi (bu kimdir mashg‘ulotga tayyor 
fikrlar bilan kelishiga sharoit yaratadi). 
Fikrlarni yozish va ro‘yxatini namoyish qilish uchun barcha zaruriy 
narsalarni tayyorlab qo‘yish talab etiladi. Masalan, 
– doska va mel; 
– varaq va ruchkalar; 
– turli rangdagi stikerlar; 
– proektorga ulangan noutbuk. 
2. Kirish: 
Barcha fikrlarni qayd etish uchun bir yoki ikki tinglovchini belgilab 
olish. 
Birinchi bosqich (takliflar ishlab chiqish) davomiyligini belgilash. 
Ishtirokchilar vaqt chegaralanganligini va ular tomonidan qis-qa 
vaqt ichida iloji boricha ko‘proq fikrlar bildirilishi lozimli-gini 


259 
bilishlari shart. Bu ularni bor imkoniyati doirasida harakat qilishga 
majbur etadi. 
Shu bilan birga , vazifa ham qo‘yilishi kerak. Aqliy hujum oqi-
batida qanday aniq natijalarga erishish lozim? Vazifani shunday yozish 
kerakki, natijada u har doim ko‘rinib tursin. 
Ishtirokchilar qanday muammoni yechishlari lozimligini aniq 
tasavvur qilishlari shart. Aqliy hujumda fikrlar tartibsiz bo‘lishi 
mumkin, biroq vazifalar tartibsizligiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3. Asosiy qism: 
«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichida guruhga muhokama uchun 
muayyan muammo beriladi, ishtirokchilar muammo yechimi yuzasidan 
navbatma-navbat qisqa va aniq shaklda har qanday takliflarini 
bildirishadi, o‘qituvchi barcha takliflarni (ularni amalda qo‘l-lashga 
yaroqliligini tanqid qilmagan holda) yozib boradi (doskaga, plakatga). 
«Aqliy hujum»ning ikkinchi bosqichida muammo yechimi yuzasi-
dan bildirilgan takliflar muhokama qilinadi. Guruh bildirilgan takliflar 
ichidan xohlagan birini amalda qo‘llash imkoniyatini topishi yoki uni 
takomillashtirish yo‘lini belgilashi kerak. Mazkur bosqichda 
diskussiyaning turli shakllaridan foydalanish mumkin. 
«Aqliy hujum»ning uchinchi bosqichida guruh oldindan keli-
shilgan prinsipga ko‘ra natijalarni e’lon qiladi: 
– eng yaxshi yechim, 
– bir muncha nisbatan yaxshi takliflar; 
– eng noodatiy yechim va hokazo. 
O‘qituvchi bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi. «Aqliy 
hujum»ni amalga oshirish uchun ishtirokchilarni bir nechta guruhlarga 
bo‘lish mumkin: 
– takliflarni ishlab chiquvchilar (ular muammoni yechishga 
yo‘naltirilgan turli fikrlarni bildirishadi); 
– tanqidchilar (ular bildirilgan takliflardan salbiy jihat-larni 
topishga harakat qilishadi); 
– tahlilchilar (ishlab chiqilgan takliflarni (tanqidiy fikr-larni 
inobatga olgan holda) aniq real sharoitlar bilan bog‘laydi-lar) va 
boshqalar. 
Muammoning yechimi yoki uning muhokamasi uchun 10-15 
daqiqa vaqt chegarasini belgilash maqsadga muvofiq. 
«Aqliy hujum»ni boshqarib boruvchi o‘qituvchi: 


260 
– shovqin-suron bo‘lmasligi uchun takliflarni ishlab chiquvchi-
larga navbatma-navbat so‘z beradi. Aqliy hujum ishtirokchilari o‘z 
fiklarini bildirishlari uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishlarini nazorat 
qiladi; 
– hushmuomalalik, lekin qat’iyat bilan taklif ishlab chiquvchi 
tinglovchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar boshqa tinglovchilar 
tomonidan tanqid qilinishiga barham beradi. 
Fikrni o‘ldiruvchi (idea killers) odatiy gaplar va ularga qanday 
javob berish kerak: 
– Bundan hech narsa chiqmaydi. — «Albatta, bu fikr shakllanti-
rilmasa, undan hech narsa chiqmaydi». 
– Bu haddan tashqari. — «Nima qilibdi?». 
– Buning nimasi o‘ziga xos? — «Buning o‘ziga xosligi bu tak-lifni 
ilgari hech kim bildirmaganligida». 
– Buni xohlagan odam o‘ylab topishi mumkin. — «To‘g‘ri!» va 
hokazo. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish