№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

16.3. Muammoli ta’lim
Pedagogik manbalarda ta’kidlanishicha muammoli ta’limga XX 
asrning 20-30-yillarida asos solindi. Dastlab Amerikalik filosoflar, 
psixologlar va pedagoglar ta’limning ijtimoiy, konstruktiv, ilmiy-
tadqiqiy xususiyat va asoslaridan kelib chiqib muammoli o‘qitish 
to‘g‘risida fikr yuritdilar. Keyinchalik 50-yillarda V. Okon, (Polsha),
70-yillarda M.M.Maxmutov (Rossiya), 90-yillarda N.Avliyoqulov, 
N.Azizxo‘jaevalar muayyan darajada muammoli ta’limning ilmiy-
nazariy va pedagogik asoslarini ishlab chiqdilar.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o‘qitish
to‘g‘risida takliflar, karashlar bayon etilgan. Masalan, 
M.I.Maxmudov- muammoli o‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari, tahlil,
umumlashtirish hisobga olingan o‘rgatish va dars berish usullarini
qo‘llash qoidalari va talablarning tadqiqot faoliyatlari 
qnuniyatlarining tizimi, deb izohlaydi. 
Professor N.Azizxo‘jaev muammoli ta’lim asosidagi qo‘yida 
ta’riflagan, yangi muammoli vaziyat talablarga ma’lumotlar bilimlar
bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi didaktik
qarashiliklar bo‘lib, ularni tushunib olish uchun ilgari o‘zlashtirgan
bilimlarning 
yetishmasligidir. 
Bu 
qarama-qarshiliklar


252 
(tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o‘zlashtirish uchun harakat
etuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi deb o‘qtiradi. 
T.V.Kudryavsev muammoli o‘qitishning mohiyati qo‘yidagicha
izohlaydi. Muammoli o‘qitish o‘quvchilar oldida muammoli
vaziyatlarni yaratishda o‘quvchilarning mustaqilligida va
o‘qituvchining umumiy rahbarligi ostida amalga oshadigan hamda
maktab o‘quvchilarining o‘qituvchi bilan birgalikdagi asosiy
hisoblangan faoliyati bo‘lib u vaziyatlarni aniq qabul qilish va hal
qilishda asosiy hisoblanadi. Biroq bunday aniqlash muammoli
o‘qitishni tushuntirishning butun hajmini ask etirrmaydi. Bundan
tashqari, ba’zan o‘qitishning tadqiqot usullari guruhi ham
muammoli o‘qitish deb yuritiladi. 
Metodist olim A.K.G‘ulomovning ta’kidlashicha muammoli
ta’lim qo‘yidagi hollarda yuzaga keladi: 
- yangi ma’lumotlar o‘quvchilarga noma’lum bo‘lib, uni
izohlash uchun mavjud bilimlar yetishmay, ma’lum qiyinchiliklarni
bartaraf etishga to‘g‘ri kelsa: 
- bilimlarni yangi vaziyatda qo‘llash zaruriyati tug‘ilsa: 
- muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o‘rtasida
nomunofiqlik paydo bo‘lsa. 
Bugungi kunda, qaysikim o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, 
ijodiy faoliyat ko‘rsatishlariga e’tibor kuchayganda o‘quvchi ta’lim 
sub’ektiga aylangan bir davrda muammoli o‘qitishning ahamiyati 
kuchaydi. Zero, muammoli ta’lim ilmiy bilish, pedagog tomonidan 
yaratilgan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan 
o‘quvchining mustaqil faoliyati, ijodiy qobiliyatini o‘stirish orqali 
o‘quv natijalarini maqsadli o‘zlashtirishga qaratilgan ta’limdir. 
Muammoli ta’limni tashkil qilish yordamida o‘quvchining tadqiqot, 
o‘quv-biluv faoliyatini yo‘lga qo‘yish va shu asosda o‘quv 
predmetidagi ma’lumotlarni, xulosalarni mustaqil tahlil qilish, yangi 
bilimlarni ijodiy mushohada qilish, xulosa chiqarish operatsiyalari 
amalaga oshiriladi. Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi faoliyatining 
mazmuni shundan iborat bo‘ladiki, u eng murakkab tushunchalarni, 
faktlarni tushuntira borib zarur daqiqalarda muammoli vaziyatni 
vujudga keltiradi va muammoni hal qiladi. Muammoni yechishga 
o‘quvchining o‘zini yo‘llaydi. Oqibat, natijada o‘quvchilar faoliyati 
shunday tashkil qilinadiki, bunda ular faktlarni tahlil qilish orqali 


253 
mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar, umumlashmalar hosil qiladilar. 
Tushuncha, qoida, teoremalar, qonuniyatlarning ifodalanishini aytib 
berishdan, 
o‘quvchilarda 
yangi 
vaziyatlarda 
rejalashtirish, 
konstruksiyalash, ixtiro qilish yoki insho yozish, matn tuzish, she’r 
yozish, rasm chizish kabi ishlarni mustaqil qo‘llash malaksi hosil 
bo‘ladi va diqqat, iroda, ijodiy tasavvur, faraz qilish, tahlil qilish 
rivojlanadi. Shunday qilib, muammoli o‘qitish ijrochilikdan, 
ijodiylikka qarab boruvchi ta’limdir. Shu nuqtai nazardan masalaga 
yondashilganda muammoli o‘qitishning tuzilmasini quyidagicha 
izohlash mumkin: 
Muammoli o‘qitish
yunalishlari 
Muammoli
ta’limning
didaktik
xususiyatlari 
Muammoli vaziyatni yaratish
yullari 
O‘quv ma’lumotlarini faol
idrok etish 
Muammoli vaziyatni savo, tajriba,
topshirik tarzida vujudga keltirish 
Mustaqil ijodiy o‘qish
usullarini kullash 
Tadkikod, izlanish, tajriba tarzidagi 
topshiriklarni bayyon etish 
Ijodiy kobilt ilmiy tafakkurni
rivojlantirish 
Takkoslovchi, umumlashtiruvchi, 
xulosalar chikaruvchi vaziyatlar
yaratish 
Muammoli vaziyatlar va
yechimlar blokini
shakllantirish 
Muammoli xolatlar va jarayonni
takomillashtirish uchun kiyosiy 
topshiriklar berish 
Ilmiy farazlar keltirish va
ularning moxiyat mazmunini
ochib berish 
Bilimlarni Amalda kullashga doir 
amaliy ishlar tashkil etish 
Ilmiy bilim va amaliy 
ko‘nikma va malakalarga
o‘quvchilarni ega kilish 
Muammoli bayon kilish orqali 
mantikiy fikrlashga urgatish. 
Muammoli ta’limning mazkur tuzilmasi ta’lim islohotlari
hujjatlarda kayd etilgan kuyidagi vazifalarni xal etish va uzluksiz 
ta’lim muassasalarida pedagogik jarayon samaradorligini ta’min-
lashga amaliy yordam beradi. 
Demak, muammoli o‘qitish mazmunida o‘qituvchining bayoni o‘z
xususiyatiga ko‘ra o‘quvchilar oldiga qandaydir masalani muammo
tarzida shakllantirib, o‘quvchilarni o‘ylash, fikrlash, izlanishga majbur
etadigan ta’lim bo‘lib, u asosan fikrlarni mantiqiy tahlil qilish va
bayyon etishga undaydi. Shu ma’noda muammoli o‘qitish bilimlarni 
egallash jarayonida tafakkurga murojaat qilish lozimligini nazarda
tutadi. Chunochi, tafakkur - inson oldiga turgan masala va
muammolarni fikrlash ijodiy o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan idrok, 


254 
sezgilardan tashkil topgan bulib muammoli vaziyat yaratish orqali 
muammoli echimga qaratilgan psixologik holatdir.( S.L. Rubiniski).
Bunda muammoli vaziyat insonni fikrlashga tahlil qilishga, mustaqil
ijodiy ishlashga yo‘naltiradi va ilmiy bilimlar o‘zlashtirishdagi
ziddiyatlarni vujudga kelishi hamda ularni yechish usullarini qayta
to‘qnashish natijasida hal bo‘ladi.
Qayta to‘qnashish natijasida muammoli masallarni belgilash
usullaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib,
muammoli ta’lim deyilganda:
1. O‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib,
mazkur muammo o‘qituvchi-talabalarning faol mustaqil faoliyati
natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va
aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini
tashkil etish nazarda tutiladi. 
2. Shuningdek, muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchi-talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vazitni 
yuzaga keltirish va o‘quv vazifalarni, muammolarni va savollarni hal
qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish
faoliyatini boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
Muammoli ta’lim vazifalari quyidagilardan iborat deb
hisoblaymiz: 
- talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish; 
- ijodiy fikrni rivojlantirish; 
- o‘zlashtirish jarayonining faol bo‘lishini ta’minlash; 
- muammolarning yechimini topish, ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirish; 
- darsda o‘rganiladigan mazmunning murakkab qismini 
o‘zlashtirishda o‘qituvchining faoliyati qanday bo‘lsa, o‘qituvchining 
o‘quvchi faoliyatini ham shu darajaga yetkazish muammoli ta’limning 
asosiy maqsadidir. 
Maummoli o‘qitishda ta’lim samaradorligini to‘rtta asosiy
sharti mavjud. 
- muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish o‘ygotishni
ta’minlaydi; 
- o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik
ruhida kechishi, ya’ni o‘quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr
va farazlar e’tibor va rag‘batsiz qolmasligi zarur. 


255 
- muammoni yechishda olingan axbarotni o‘quvchilar uchun
muhimligi. 
- muammoni yechimidagi har bir bosqichda paydo bo‘ladigan
ishlarni bajara olish mumkinligini ta’minlash (ma’lum va
noma’lumlar nisbatining maqbulligi). 
Muammoli ta’lim vazifalarini hal etish va o‘qitish
samaradorligini yaxshilashda o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati
qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish