№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

15.4. Masofaviy ta’lim. 
Zamonaviy 
axborot 
va 
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga 
qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli - masofaviy o‘qitish 
yaratilishiga omil bo‘ldi. Zamonaviy ta'limni rivojlantirishning muhim 
tendensiyalaridan biri masofaviy ta'lim texnologiyalarini keng joriy 
etish hisoblanadi. Yangi tahrirdagi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunda ham 
masofaviy ta’lim tushunchasi joy olgani naqadar dolzarb ekanligini 
bildiradi. Qounda “Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka 
va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda 
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib 
olishga qaratilgan.”
1
deb keltirilgan. 
Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z 
malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish 
jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy 
materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita 
rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal 
o‘quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo‘ladi. 
Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga 
ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bersa, faksimal aloqa, 
xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga 
o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. 
Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli 
xususiyatlari bilan farqlanadi
2


Moslashuvchanlik – ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay vaqt, joy va 
tezlikda ta’lim olish imkoniyatining mavjudligi. 

Modullilik – bir biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘quv 
kurslari to‘plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos 
o‘quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi. 

Paralellik – o‘quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel 
ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish 
imkoniyati mavjudligi. 
1

Таълим тўғрисида”ги Қонун. (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.09.2020 й., 
03/20/637/1313-сон)
2
О.Д.Рахимов, Қ.О.Мустафаев, Н.И.Зоиров Масофавий таълимнинг дидактик таъминоти. Ўқув қўлланма. 
Қарши-2012й., 45 бет 


242 

Keng qamrovlilik – ko‘p sonli talabalarning bir vaqtning o‘zida 
katta o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va 
boshqalar) zahiralariga murojaat qila olish imkoniyati. Bu ko‘p sonli 
talabalarning kommunikatsiya vositalari yordamida o‘zaro va 
o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatining mavjudligidir. 

Iqtisodiy tejamkorlik – o‘quv maydonlari, texnika vositalari
transport vositalari va o‘quv materiallaridan samarali foydalanish, 
o‘quv materiallarini bir joyga yig‘ish, ularni tartiblangan ko‘rinishga 
keltirish hamda ulardan ko‘p sonli foydalanuvchilarni tashkil qilish 
imkoniyati. 

Ijtimoiy teng huquqlilik – ta’lim oluvchining yashash joyi
sog‘lig‘i va moddiy ta’minoti darajasidan qat’iy nazar hamma qatori 
teng huquqli ta’lim olish imkoniyati. 

Internatsionallilik 
– ta’lim sohasida erishilgan jahon 
standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish 
imkoniyati. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish