• Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar Psixologik testlar
  •  Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    15.2. Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar 
    Amaliy metodlar o'quvchilar (talabalar) bilim, ko'nikma va 
    malakalarni egallashga qaratilgan amaliy faoliyatni nazarda tutadi. 
    Amaliy metodlar guruhiga shunday metodlar kiradiki, ulardan 
    foydalanishda o'quvchilar nafaqat tinglaydilar (og'zaki metodlar 
    singari), ko‘radilar (ko‘rgazmali metodlar singari), balki ta'lim 
    muammolarini hal qilishga qaratilgan ma'lum bilim harakatlarini ham 
    amalga oshiradilar. Psixologik fanlarini o'qitishda quyidagi amaliy 
    metodlardan foydalanadilar: 
    1) psixologik eksperimentlarni modellashtiruvchi laboratoriya 
    mashg’ulotlari; 
    2) psixodiagnostik vazifalar va psixologik testlarni bajarish; 
    3) psixologik muammolarni hal qilish; 


    237 
    4) mashq qilish; 
    5) guruh muhokamasi; 
    6) o'rganilayotgan jarayonlarga taqlid qiluvchi didaktik va 
    ishbilarmon o'yinlar. 
    Laboratoriya ishlari psixologik eksperimentlar modeli sifatida 
    quyidagilar uchun amalga oshirilishi mumkin:
    1) talabalarga ma'lum psixologik qonuniyatlarni namoyish etish; 
    2) psixologik eksperiment metodikasini o'zlashtirish. 
    Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar 
    Psixologik testlar
    psixodiagnostik qobiliyatlarni rivojlantirish 
    yoki o'z-o'zini anglash uchun amalga oshirilishi mumkin. 
    Shu bilan birga, psixologiyani o'qitishning maqsadlariga qarab 
    testlarni sinchkovlik bilan tanlash va ulardan to'g'ri foydalanish muhim 
    ahamiyatga ega. Psixologiyaning amaliy mashg'ulotlarida foydalanish 
    imkoniyatlariga qarab testlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin. 
    1. Murakkab professional testlar (masalan, MMPI intellekt 
    testlari,
    Veksler intellekt shkalasi). Mazkur testlarni o'tkazish jiddiy 
    psixologik kompetentlikni talab etadi. 
    2. Nisbatan oddiy umumpsixologik testlar (masalan, 
    komunnikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlarni aniqlovchi testlar). 
    Ularni amalga oshirish uchun unchalik jiddiy bo'lmagan psixologik 
    tayyorgarlik talab etiladi. 


    238 
    3. Kasbiy faoliyatning muayyan sohalari uchun mo'ljallangan 
    psixologik testlar (masalan," Boshqarish uslubi so'rovnomasi","Oilaviy 
    tarbiya uslubi testi").
    4. Ko'ngilochar testlar (masalan, "Boshqalar sizni yaxshi 
    ko'rishadimi?"). Mazkur testlarni o‘tkazish juda sodda bo‘lib, jiddiy 
    ilmiy asoslarga ega emaslar. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish