• Tushuntirish
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Ifodali hikoya—
    voqealarni bayon etish, yozuvchilarning va 
    tarixiy arboblarning hayoti haqida gapirib berish. 
    Tasvirli hikoya—
    o‘simliklar tuzilishini, moddalar tarkibini 
    tasvirlashdir. 
    Hikoya qilib berishning rejali bo‘lishi, uning puxta tuzilishi


    234 
    ta'sirchan hamda obrazli bo‘lishi o‘qituvchi hikoyasining zarur 
    fazilatlaridir. Hikoyaning ta'sirchanligi o‘quvchilarga katta tarbiyaviy 
    ta'sir ko‘rsatadi. 
    Tushuntirish 
    o‘quv materialining o‘qituvchi tomonidan 
    muntazam va mantiqiy izchillik bilan bayon qilinishidan iboratdir. 
    O‘qituvchining tushuntiri- shida hamisha ko‘plab mulohazalar, 
    xulosalar, dalillar bo‘ladi. Tushuntirish hamisha o‘qituvchining 
    o‘quvchilarga savollar berib turishini va ularni tushuntirish jarayonini 
    kuzatib turishga majbur etishni, o‘z fikrlarini aytishlarini taqozo qiladi. 
    Tushuntirishning oxirida o‘qituvchi xulosani, qoidani aniq ta'riflab 
    beradi. Tushuntirishdan foydalanilgan darsning majburiy elementi-
    material o‘zlashtiri- lishining sifatini tekshirish, o‘quvchilar keltirgan 
    faktlar va misollarni tahlil qilishdan iboratdir. 
    Suhbat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta'siri shaklida amal 
    qiladigan ta'lim metodidir. Suhbat paytida o‘qituvchi o‘quvchilarni 
    bilimiga tayanib hamda savollardan foydalanib o‘quvchilarni yangi 
    bilimlarni tushunish va o‘zlashtirish sari olib boradi. Suhbat jarayonida 
    o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, mulohazalarini aytishlari 
    uchun imkoniyat yaratib berish zarur. Suhbat mohiyatiga ko‘ra evristik 
    va noevristik turlariga bo‘linadi. 
     
    Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar 
    hamda topshiriqlar: 
    1.
     
    Psixologiyani o‘rganishda o‘quv mashg‘ulotlari taksonomiyasi 
    haqida ma’lumot bering. 
    2.
     
    Ma’lumotlarni idrok qilish bo'yicha vazifalarni tasniflang. 
    3.
     
    Oddiy tafakkur operatsiyalarini o'z ichiga olgan vazifalar 
    qaysilar? 
    4.
     
    Murakkab tafakkur operatsiyalarini o'z ichiga olgan vazifalarni 
    izohlang? 
    5.
     
    Bilimlarni umumlashtiruvchi va muayyan nutqiy malakalarni
    shakllantiruvchi vazifalarga nimalar kiradi? 
    6.
     
    Ijodiy tafakkurni o'z ichiga olgan vazifalarni tushuntiring.
    7.
     
    Refleksiv vazifalar nima? 
    8.
     
    Psixologiyani o'qitishda og'zaki bayon metodlari haqida 
    ma’lumot bering. 
    9.
     
    Psixologiyani o'qitishda og'zaki bayon metodlarini tasniflang. 


    235 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish