• Logopediya – nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Ma’ruza
  • Ma’ruza metodi
  • Malaka amaliyoti
  • Malaka talablari
  • Kommunikativ kompetentsiya




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet172/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Kommunikativ kompetentsiya
    — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida 
    hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda 
    muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, 
    hamkorlikda 
    jamoada 
    samarali 
    ishlay 
    olish 
    layoqatlarini 
    shakllantirishni nazarda tutadi. 
    Logopediya
    – nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarning ta’lim va 
    tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. 
    Ma’ruza
    (o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida 
    eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga 
    maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini 
    talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun 
    zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi. 
    Ma’ruza metodi
    -bu o‘qituvchi tomonida katta mazmundagi 
    ma’lumotni og‘zaki tarzda mantiqiy izchillikda bayon qilish, 
    talabalarning esa o‘quv materialini tinglash orqali idrok etishini nazarda 
    tutadi. 
    Magistratura
    — bakalavriat negizida o‘qish muddati kamida ikki 
    yil bo‘lgan aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim. 
    Malaka
    – avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, 
    ko‘nikmaning takomillashgan darajasi. 
    Malaka amaliyoti
    — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarni 
    mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va o‘quv hosil qilish, o‘quv rejalari 


    308 
    va fanlar dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha 
    materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi. 
    Malaka 
    talablari
    — 
    uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi 
    bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga 
    qo‘yiladigan talablar. 
    Mashq daftari —
    darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, 
    davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan 
    bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining 
    mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni 
    rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy 
    fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat 
    bo‘lgan didaktik vosita. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish