• Metodik (uslubiy) ko‘rsatma
  • Metodika
  • Maxsus pedagogika (defektologiya)




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet173/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Maxsus pedagogika (defektologiya)
    -
    aqliy, ruhiy, jismoniy 
    rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash 
    qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va 
    vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir.
    Mehnat pedagogikasi-
    a
    sosan axloq tuzatish muassasalarida 
    jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashning shart-sharoitlari va 
    xususiyatlarini o'rganadigan pedagogikaning sohasi.
    Metodik (uslubiy) ko‘rsatma
    – muayyan fanning o‘quv dasturi 
    bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy 
    ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda 
    ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar 
    hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi 
    tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llsnma. 
    Metodika – 
    muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy 
    ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja 
    (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga 
    muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir. 
    Metodika
    – 
    pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish 
    qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika 
    metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar. 
    Milliy va umummadaniy kompetentsiya
    — vatanga sadoqatli, 
    insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 
    e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, 
    madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish 
    layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 


    309 
    Monolog
    -ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi 
    talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish