301
Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy
madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari
uchun sharoitlar
yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun gumanitarg‘oyalar umumiy
ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak.
37. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili
Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy
madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar
yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun gumanitarg‘oyalar umumiy
ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak.
Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko'nikma va
malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim,
madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks
ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy
yo‘nalishni rad etadi. U aniq bir o'quv jarayonini amalga oshirish
bilan bog'liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning
berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi
shaxsi kabi tashkil etuvchilarining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi.