Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
11.5. Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish darsi 
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o‘quv ishining asosiy 
mazmuni ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish 
maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi. 
O‘quvchilar o‘z bilimlarini yangi manbalar bo‘yicha anglab 
oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo‘lgan qoidaga 
yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma 
takrorlaydilar yoki ilgari o‘rganganlarini yanada chuqurroq va 
mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo‘yicha 
axborot beradilar. Tuzilishi bo‘yicha bunday darslar quyidagi 
bosqichlardan o‘tishni ko‘zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki 
va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga 
vazifa berish. 
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkam-
lash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu 
jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa 
darslarda yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. SHu bilan 
birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o‘qituvchi 
yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy 
tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida 
qo‘llanilishini o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar. Ular turli 
vaziyatlarda malaka va ko‘nikmalarini qo‘llash, shu jumladan, hayotiy 
amaliyotida qo‘llashni o‘zlashtirib olishlari kerak. 
Ushbu darslarda hal qilinadigan asosiy didaktik vazifalar: 
♦ yangi bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish; 
♦ ilgari olingan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash; 
♦ ilgari olingan bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun 
bilimlarni amalda qo'llash; 


197 
♦ ko'nikma va malakalarni shakllantirish
♦ o'quv materialini o'rganish va bilim, ko'nikma va malakalarni 
takomillashtirish jarayonini nazorat qilish
1

Ushbu tipdagi darslarning asosiy shakllari: 
♦ mustaqil ish darslari (reproduktiv turi - og'zaki va yozma 
mashqlar); 
♦ laboratoriya mashg'uloti; 
♦ amaliy mashg’ulot darsi; 
♦ dars-ekskursiya; 
♦dars-seminar. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish