12.3. Ma’ruza turlari
Olimlar ma’ruzalarning xilma-xil turlarini ajratib ko‘rsatdilar.
N.U.Zaychenkoning so'zlariga ko'ra ma'ruzaning quyidagi turlari
mavjud:
- didaktik maqsadiga ko‘ra (kirish, tematik (joriy), yakuniy,
umumiy, ma'ruza-konsultatsiyalar);
- umumiy maqsadiga ko‘ra (ta'limiy, tashviqot, targ‘ibot);
- tinglovchilarga ta'sir o'tkazish usuliga ko‘ra (hissiyotlar
darajasida, tushunish darajasida, ishonch darajasida);
- mazmuni bo'yicha (akademik, ilmiy-ommabop);
- talabalarning kognitiv faolligi darajasi va ma'lumotni taqdim etish
uslubiga ko'ra (axborotli, tavsiflovchi, tushuntiruvchi, muammoli,
kontekstli, ikki kishilik ma’ruza, vizuallashtirilgan ma’ruza, oldindan
rejalashtirilgan xatolar bilan ma’ruza, matbuot anjumani formatidagi
ma’ruza).
209
Kirish (muqaddima) ma’ruzada kurs (bo‘lim, mavzu) ning ilm-fan
tizimidagi o‘mi, ushbu materialni amaliyotda qoilash imkoniyatlari,
kurs (bo‘lim, mavzu) mazmunini o‘i:ganish metodlari ochib beriladi.
Bunday ma’ruzaning muhim xususiyati shundaki, unda o‘qituvchi
asosiy masalaning u yoki bu tomonlarigagina to‘xtaladi va bu masalalar
keyinchalik albatta detalma-detal yoritib beriladi.
Tematik ma’ruzaalar ayniqsa, keng tarqalgan. Bunday ma’ruza u
yoki bu mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, unda faktlar, ulaming tahlillari,
xulosalar mazmuni bayon qilinadi va konkret ilmiy qoidalar
isbotlanadi.
Umumiy-yakuniy ma’ruza avval o‘rganilgan materiallami
qaytadan umumlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Uning mazmuni awal
bayon qilingan mazmunga o‘xshamaydi, balki talabalar tomonidan o
‘zlashtirilgan axborotlami yuksak abstraksiyalash bosqichida tizimga
tushiriladi. Bunday ma’ruzalar talabalar bilimining chuqurlashiàiida va
o‘quv fani metodologiyasini yaxshi tasawur qilishda alohida
ahamiyatga molik bo‘ladi.
Ma’ruzalar, uni rejalashtirishdagi ustun turuvchi funksiyalarni
amalga oshirish mazmuniga qarab ham quyidagi turlarga bo‘linishi
mumkin
1
:
-
axborot-tahliliy;
-
muammoli;
-
tashkiliy –yo‘naltiruvchi;
-
ma’ruza-maslahat;
-
ma’ruza –dialog;
-
hodisaviy ma’ruza.
Ushbu ma’ruza turlari ichida muammoli ma’ruzalar alohida
e’tiborga ega hisoblanadi. Bunda ma’ruzachi dastlab muammoli
vaziyatni hosil qilishi, keyin muammoning mohiyati va tahlilini
keltirishi va muammo yechimi bo‘yicha o‘z farazlarini bayon etishi
lozim.
AQShda hozirgi kunda ma’ruza-panel amaliyotda ko‘plab
qo‘llaniladi. Bunday ma’ruzalardagi munozara va bahslarda qo‘yilgan
muammo yechimi bo‘yicha o‘z dunyoqarashi va fikriga ega bo‘lgan bir
necha yuqori malakali ekspertlar ishtirok etishadi.
1
О.Д.Рахимов, М.Сапаев, Назаров Б.Ф. Олий таълимда замонавий маърузалар. Услубий қўлланма.
Қарши-2012й., 68 бет
210
Shuningdek, amaliyotda bir necha ma’ruzachilar ishtirokidagi
ma’ruzalar, ya’ni har bir ma’ruzachi o‘z pozitsiyasiga (ma’ruzachi,
ekspert, tanqidchi, mavzu bo‘yicha muammo tashlovchi va b.) ega
bo‘lgan ma’ruzalar ham keng qo‘llaniladi.
Hodisaviy ma’ruza bu ma’ruzaning alohida janri bo‘lib, bunda
ma’ruza ijtimoiy hodisa sifatida tushuniladi. Bunday ma’ruzalarga
Nobel mukofoti sorvindorlarining ma’ruzalarini keltirish mumkin.
Lekin, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyati
davrida bunday ma’ruzalar tinglovchining shaxsiy his-tuyg‘ulariga
ta’sir etishi, uning bilishga ehtiyojini rivojlantirishi, muammo bo‘yicha
o‘z fikrlarini hosil qilishga va aniqlashtirishga sharoit yaratishi,
o‘zining dunyoqarashi va fikrini uyg‘otib, uni bayon qilishga imkon
berishi lozim.
Mini-ma’ruzalar – “kichik”, juda qisqa hajmdagi ma’ruzalar
bo‘lib, unda mavzu bo‘yicha aniq, tayanch savollar va iboralarning
qisqa mazmuni yoritiladi. Bunday ma’ruzalar ko‘pincha amaliy
faoliyatni, ilmiy tadqiqotlarni boshlashdan oldin o‘tkaziladi.
Ochiq ma’ruzalar – muayyan fan bo‘yicha o‘quv dasturidagi
mavzuni talabalar, shuningdek, shu mavzuga qiziqish bildirgan va
maxsus taklif etilgan professor-o‘qituvchilar, olim va mutaxassislar
auditoriyasida ma’ruza shaklida o‘tkaziladigan darslar ochiq
ma’ruzalar deb ataladi. Ochiq ma’ruzalarni o‘tkazishdan maqsad
professor-o‘qituvchilarni tegishli fan, texnika va texnologiyalari
sohalari bo‘yicha jahonda erishilgan yutuq va yangiliklar bilan
xabardor bo‘lishlariga erishish va ular asosida zamonaviy pedagogik va
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan
holda ma’ruzalarni tayyorlash, o‘tkazish va shu tariqa ta’lim sifatini
oshirish
hamda
tayyorlanadigan
kadrlar
raqobatbardoshligini
ta’minlashdan iboratdir. Ochiq ma’ruzalarni o‘tkazish vazifalariga
quyidagilar kiradi:
- talabalarga fandagi so‘nggi yutuq va yangiliklarni yetkazish;
- ta’lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik
ishtirokini ta’minlash;
- ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk ma’ruzalarni targ‘ibot etish;
- yosh va bo‘lajak pedagog kadrlarning kasb mahoratini oshirish;
211
- ilmiy unvonga ega bo‘lgan professoro‘qituvchilarni, o‘z kasbiy
mahoratlarini oshirish ustida muntazam ishlashlarini ta’minlash va
ularda o‘quv jarayonidagi mas’uliyatlarini oshirish;
- yuqori saviyadagi ma’ruza mualliflarini rag‘batlantirish va
taqdirlash.
Ochiq ma’ruzalar odatda, o‘z sohasi bo‘yicha taniqli yoki ilmiy
maktab yaratgan, ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan tajribali
professor-o‘qituvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.
Zamonaviy
ta’lim
jarayoniga
yangi
guruhiy
o‘qitish
texnologiyalarini
qo‘llanilishi, o‘z xususiyati bilan boshqa
ma’ruzalardan farq qiluvchi mini –ma’ruzalarni yuzaga kelishiga olib
keldi. Ushbu ma’ruza turi rivojlantiruvchi ta’lim yetakchi g‘oyasida
(paradigmasi)da ham muhim o‘rin egallamoqda. Buning asosiy
sabablaridan biri rivojlantiruvchi ta’limda talabalarning mustaqil
ishlariga katta e’tibor qaratilishidadir. Bunda asosiy ma’ruza 15-30
minut bo‘lib, qolgan vaqt talabalarning mustaqil yoki guruhiy
ishlashlari uchun ajratiladi.
Mini ma’ruzalar ham o‘z vazifasiga bog‘liq holda boshqa
ma’ruzalar singari turlicha bo‘ladi. Ta’lim oluvchining mavzuni
o‘zlashtirishdagi muammolari va qiyinchiliklariga bog‘liq holda mini-
ma’ruzalarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin.
1. Ma’ruza-navigator. Mini ma’ruzaning birinchi vazifasi
an’anaviy o‘qitish shaklidagi kirish ma’ruzasiga mos keladi. An’anaviy
ma’ruzadagi kirish ma’ruzasida ma’ruzachi fan bo‘yicha umumiy
ma’lumotlar berib, fanning bo‘limlari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar,
fanning umumiy maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi to‘g‘risida
ma’lumotlar beradi. Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitish sikli modeliga
asosan mini ma’ruza-navigatorda ma’ruzachining asosiy maqsadi
nafaqat fanning mazmunini ochish va umumiy yo‘lyo‘riq berish, balki
talabalar bilan birgalikdagi guruhiy faoliyat davomida fanning mohiyati
va mazmunini yoritishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday ma’ruzalar
mazmun-mohiyat jihatidan navigator hisoblanib, talabaga kelajakdagi
faoliyatining rejasini ishlab chiqishga, mustaqil o‘rganishi lozim
bo‘lgan masalalarni belgilab olishga imkon yaratadi. Shuningdek,
talaba tomonidan mustaqil faoliyat chegarasi belgilab olinadi, shaxsiy
va guruhiy mustaqil ishlar bo‘yicha talablar hamda topshiriqlar
aniqlanadi. Ma’ruza-navigatorlar o‘qitish siklining boshida, talaba
212
mustaqil ishlashga o‘tishdan oldin, har bir o‘qitish fazasi boshida
hamda fanni o‘rganish davomida savol yoki muammolar yuzaga
kelganda tashkil etilishi mumkin.
2. Refleksiv ma’ruzalar. Rivojlantiruvchi ta’lim modeli bo‘yicha
mini-ma’ruzaning ikkinchi vazifasi auditoriyadagi har bir talabani va
butun guruhni mavzu bo‘yicha mutaqil fikrlashini ta’minlash hamda
olgan bilimlar rivojlanishining keyingi bosqichiga yo‘naltirishdan
iboratdir. Bunday ma’ruzalar refleksiv ma’ruzalar deb ataladi.
Refleksiv ma’ruzada pedagog guruhdagi har bir talabaning bilim olish
bo‘yicha shaxsiy rivojlanish qobiliyatini hisobga olib, quyidagi ta’limiy
vazifalarni yechishni rejalashtiradi:
-guruhdagi qiyin o‘zlashtiruvchi ayrim talabalarni faollashtirish va
keyingi bosqichda birgalikda faoliyat yurtishga yo‘naltirish;
- oldin o‘zlashtirilgan mazmun va faoliyat turi bo‘yicha muammoli
savollarni tashlab, mavzu bo‘yicha bilimni chuqurlashtirishga imkon
yaratish;
- talabalar bilimini rivojlanish pog‘onalari bo‘yicha o‘sishini
ta’minlash.
Bunday ma’ruzada o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha o‘z
ruhiy olami, fikrlari hamda talabalarning shaxsiy hamda guruhli
faoliyati tahlili yuzasidan vujudga kelgan muammolarni umumiy
muhokama mazmuni sifatida o‘rtaga tashlaydi va buning uchun faoliyat
refma’ruzasini tashkil etishning quyidagi usullaridan foydalanishni
tavsiya etadi:
- tahlil - o‘tgan faoliyatni qayta qurish;
- tanqidiy tahlil - qarama-qarshiliklarni aniqlash usuli sifatida;
- oldin foydalanilgan uslub, vositalar va muammoli savollarni
keltirib chiqarishni yetarli emasligi;
- me’yorlash - g‘oyalar va qarorlarni izlash asosi.
Refleksiv ma’ruzada har bir talabaning mavzu muhokamasi
bo‘yicha shaxsan qatnashish samaradorligi ta’minlanadi va u tashlagan
fikr, g‘oya yoki muammoli savol muhokama qilib boriladi. Bunday
ma’ruzada pedagog har bir ishtirokchining hamda butun guruhning
o‘zlashtirish darajasini qanday bosqichda ekanligini bilib boradi va uni
ma’ruzani o‘zlashtirish loyihasi traektoriyasi bo‘yicha rivojlanishini
ta’minlaydi.
213
Vositaviy
ma’ruza. Mini-ma’ruzaning uchinchi vazifasi
egallangan nazariy bilimlarni vositaga aylantirish, ya’ni ma’ruzalar
davomida olingan bilimlardan aniq real sharoitdagi muammolarni hal
etishda vosita sifatida foydalanishga oid ko‘nikma hosil qilishdan
iboratdir.
Ma’lumki, inson dastlab ayrim axborotlarni odatiy, hayotiy deb
bilim ontologiyasi sifatida qabul qiladi. An’anaviy ta’limda shu bilan
ma’ruza o‘z funksiyasini bajarib bo‘ladi yoki ko‘pi bilan talaba olgan
bilimlaridan standart hayotiy vazifalarni hal qilishda foydalanish
malakasini egallaydi.
Talaba ushbu bilimlarning vositaviy ahamiyatini tushunib
yetmaydi, ya’ni ushbu bilimlardan foydalanish chegarasini belgilab
ololmaydi. Ta’lim modeliga kompetent yondoshishda pedagogning
asosiy vazifasi talabaga faqat standart vazifalar yoki muammolar
yechimi bo‘yicha bilim berish emas, balki olingan bilimlardan hayotda
uchraydigan turli xil vaziyatlarda vosita sifatida foydalanish malakasini
shakllantirishdan iboratdir.
Vositaviy
mini-ma’ruzalar
ma’ruzaning murakkab janri
hisoblanib, ma’ruzachida kuchli rivojlangan uslubiy qobiliyat
bo‘lishini talab etadi.
Muammoli ma’ruza. Muammoli ma’ruza tinglovchida ma’ruza
mazmuniga nisbatan ilmiy-izlanish munosabatlarini yuzaga kelishiga
imkoniyat yaratadi. Muammoli ma’ruzada ma’ruzachi va tinglovchilar
hamkorligida amalga oshiriladigan kamida 3 ta maqsad mavjud bo‘ladi:
- tinglovchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish;
- nazariy va ilmiy fikrlashni rivojlantirish;
- bilim olish va kasbiy qobiliyatni shakllantirish.
Muammoli
ma’ruzada
ma’ruzachining
asosiy
vazifasi
tinglovchilarda ilmiy fikrlash va dunyoqarashni shakllantirish bo‘lsa,
tinglovchining asosiy vazifasi ma’ruzachi bilan dialog asosida o‘zi
uchun yangi bilimlar, qonuniyatlar va munosabatlarni kashf etishdan
iborat bo‘ladi.
Muammoli ma’ruzalarni olib borishni bir qancha usullari mavjud:
1. Mavzu mazmuni va materialini tushuntirmasdan oldin
muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarish. Muammoli vaziyat bu,
tinglovchining bilish predmeti, obyekti bilan ilmiy izlanish, ixtirolar
yaratish va yangi bilimlarni olishga yo‘naltirilgan fikran o‘zaro
214
ta’siridir. Muammoli vaziyatning oddiy belgilari mavjud bo‘lib, ular
noaniq muammolar to‘g‘risida o‘z-o‘ziga savol berish, uni hal etish
usullari va yo‘llarini izlab topishdan iboratdir.
2. Muammoli ma’ruzani olib borishning ikkinchi usuli fan va
amaliyotga ma’lum bo‘lgan, lekin tinglovchi bilmagan qonuniyatlar
yoki ixtirolar to‘g‘risida fikrlashga va “sub’ektiv” yangiliklar
yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir.
Muammoli ma’ruza mazmuni:
- amaliyot uchun juda muhim va o‘zlashtirish juda murakkab
muammolar;
- ilmiy g‘oyalar va nazariyalarni mazmuni va ularni yuzaga kelish
mantig‘i;
- g‘oyaga oid hodisalarni amaliyotda, hayotda uchrashi;
- tinglovchini tushunishi uchun qiyin savollar darajasi, ketma –
ketligi bo‘yicha yoritish;
- tinglovchining bilish ehtiyojini hisobga olish;
- muammolar va vazifalarni asosiy va tashkil etuvchilar shaklida
keltirish.
Muammoli ma’ruzada tinglovchining faollik shakllari:
- faol tinglash va tushunish;
- konspekt yuritib borish;
- konspektda savollarni shakllantirib borish;
- ma’ruzachiga savollar berish;
- ma’ruzachi bilan dialogda savollarga javob izlash.
Muammoli ma’ruzada dialog qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’ruzaning
samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. Muammoli ma’ruzaning mazmunida
fanning yangi yutuqlari, uni amalda qo‘llashdagi obyektiv qarama-
qarshiliklar keng yoritilishi lozim.
Axborotlarni oddiy o‘qib uzatishga asoslangan an’anaviy
ma’ruzalar o‘rnini, rivojlantiruvchi ta’limda talabaning mustaqil bilim
olishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi ma’ruza-navigator
(yo‘naltiruvchi), refleksiv va vositaviy, muammoli ma’ruzalar
egallaydi. Ma’ruzalarning yana boshqa ko‘rinishlari, jumladan
ma’ruza-panel, ma’ruza-tashviqot, ikki ma’ruzachi ishtirokidagi
ma’ruzalar ma’ruza tashkiliy shaklining xususiy ko‘rinishi yoki
takomillashgan varianti hisoblanadi.
215
Ma’ruza turini tanlashda o‘quv auditoriyasining texnik vositalar
bilan jihozlanishi, tinglovchilar salohiyati (ular kimlar: o‘quvchilar,
talabalar, magistrlar, stajorizlanuvchilar, oliy ma’lumotli xodimlar,
olimlar va b.), ma’ruza maqsadi va mavzusi hisobga olinishi kerak.
Umuman olganda, ma’ruzaning quyidagi turlari mavjud:
1. Yo‘naltiruvchi ma’ruza – shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish
va ushbu predmet mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha ma’ruzachi bilan
tinglovchining birgalikdagi faoliyatini ( shaxsiy, guruhiy yoki
jamoaviy) tashkil etishga yo‘naltirilgan ma’ruzalar.
2. Kirish ma’ruzasi - keyinchalik o‘rganiladigan materiallar
bo‘yicha umumiy yo‘nalish beruvchi ma’ruza.
3. Refleksiv ma’ruzalar – oldin o‘zlashtirilgan mazmun va faoliyat
usullari bo‘yicha muammolar hosil qilish, yangi mazmunni
o‘zlashtirishda muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishga qaratilgan
ma’ruzalar.
4. Vositaviy ma’ruzalar – aniq muammolarni yechishda oldin
o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish bo‘yicha tasavvurlar hosil
qilishga yo‘naltirilgan ma’ruzalar.
5. Umumlashtiruvchi ma’ruza – kurs yakunida barcha o‘rganilgan
materiallar bo‘yicha qisqa xulosalar chiqarilib, tinglovchilar tomonidan
materiallarni diqqat bilan tinglashlari, qabul qilishlari, tahlil qilib
baholashlariga qaratilgan ma’ruza.
6. Axborot yoki “joriy” ma’ruza – u yoki bu axborotlarni
yetkazishda foydalaniladigan ma’ruza.
7. Muammoli ma’ruza – real hayotdagi qarama-qarshiliklar
odellashtiriladigan ma’ruza. Muammo nazariy va amaliy vaziyatlarni
qarama-qarshiligi, ya’ni ayrim hollarda nazariya va amaliyotni bir-
biriga to‘g‘ri kelmasligi shaklida talqin qilinadi, uning komponentlari
va tashkil etuvchilari yoritiladi.
8. Juftlik (birgalikdagi) ma’ruza –ikki ma’ruzachi ishtirokidagi
ma’ruza. Bunda har bir ma’ruzachi aniq rol o‘ynaydi. Masalan, biri
ma’ruzachi sifatida ishtirok etsa, ikkinchisi tanqidchi, ekspert yoki
muammolarni keltirib chiqaruvchi sifatida qatnashadi.
9. Ma’ruza - maslahat- tinglovchi tomonidan oldindan
shakllantirilgan savollar bo‘yicha ma’ruza.
216
10. Matbuot –anjuman- ma’ruza – ma’ruza mazmuni tinglovchilar
savollari asosida yaratiladi, lekin bir necha ma’ruzachilar tomonidan
o‘tkaziladi.
11. Reja asosida xatolar kiritilgan ma’ruza – Bunday ma’ruzalarda
ma’ruzachi rejali holda ataydan xatolarga yo‘l qo‘yib, tinglovchilarning
diqqatini tortadi. Tinglovchilar tomonidan ma’ruza materiallarini
diqqat bilan tinglashlari, qabul qilib o‘zlashtirishlari, tahlil qilib
baholashlari, axborot mazmunidan erkin va tezkor foydalana olishlariga
yo‘naltirilgan ma’ruza.
12. Ma’ruza-dialog – ma’ruza mazmuni bir qator savollar
yordamida yetkaziladi va savollarga tinglovchilar tomonidan javob
berishlari talab etiladi.
|