Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

11.6. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi 
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va 
tizimlashtirishlar) ilgari o‘tilgan materialdan eng muhim savollari 
qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o‘quvchilar bilimlarida 
mavjud kamchiliklari to‘ldiriladigan va o‘rganilayotgan kursning 
muhim 
g’oyalari 
ochib 
beriladigan 
darslar 
hisoblanadi. 
Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo‘lim va o‘quv kurslarining 
yakunida o‘tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi 
hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o‘zi hikoya, qisqacha 
xabarlar, darslikni o‘qib berish yoki o‘qituvchining o‘quvchilar bilan 
suhbatlashishi shaklida o‘tkazilishi mumkin. 
 
11.7. Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va 
tuzatish darsi 
Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish darslari 
o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va 
ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv materialini egallashdagi 
kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning 
bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari 
o‘quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va 
malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma 
shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi 
tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich 
1
Педагогика: Учебник для студентов педагогических вузов и педагогических колледжей / 
Под ред. П. И. Пидкасистого. — М.: Педагогическое общество России, 2002, с. 337


198 
maqsadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish 
sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o‘quv faoliyati motivlarini 
dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish 
yuzasidan beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. 
Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, 
ularga erishishda barcha yoki yakka o‘quvchilarning alohida ishtiroki 
belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish