199
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim
vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va
shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan
mazmunini optimallashtirish,
idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli,
metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini
shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan
birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga
foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash,
amaliy nazorat va
boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan
o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yilavdigan tarbiyaviy talablar o‘quv
materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat,
aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish
va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy
ravishda
kelib
chiqadigan
tarbiyaviy
masalalarni
belgilash,
o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik,
tartiblilik,
mas’uliyatlilik, intizomlilik,
mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va
boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda
bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan
hamkorlik va ularning muvaffaqiyat
qozonishlaridan manfaatdor
bo‘lishdan iborat.
Barcha
darslarda
doim
amalga
oshirilib
boriladigan
rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati
ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish
hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari
darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini
loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg’ulotlarini
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag’batlantirish,
o‘quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi
«sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni
hisobga olish asosida o‘quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish
kabilar kiradi.