188
Har bir fan bo‘yicha talabalarning o‘quv faoliyatini nazorat
qilish va baholash muntazam ravishda olib boriladi.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o‘quv
dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash, baholash shakli. Bu
nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, talabalarning bilim darajasini
aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib
borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining
muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan
mavzular bo‘yicha yozma, og’zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
Nazorat ishlariga mustaqil tayyorlanish talabalar uchun muhim
hisoblanib, ular muayyan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha
internet
materiallari, xorijiy adabiyotlardan foydalanishlari natijasida
o‘rganilayotgan
mavzu,
bo‘lim,
kurs
bo‘yicha
bilimlarni
mustahkamlashga erishadilar.
Referat ( lot. refere —axborot berish) - yangi ma’lumotlar va
axborotlar olish maqsadida ilk manba matnini mustaqil o‘zgartirish
hamda ijodiy anglash mahsuli hisoblanadi.
Referat turlari:
- referat-konspekt, ma’lum mavzu bo‘yicha faktik materialni
bayon etish;
-
referat-rezyume, aynan bir mavzuning asosiy tushunchalarini
ifodalash;
- referat-obzor, ma’lum masala yuzasidan turli manbalar asosida
har xil nuqtai nazarlarni taqqoslab ifodalash ;
- referat-doklad, muammoni obyektiv baholash
- referat-fragment, ilk manba mazmunini o‘zida
aks ettiruvchi
biron bir qism, bo‘lim yoki fragment(bo‘lak) ajratilib ifodalanadi
Referatni bajarish tartibi:
1) mavzuni tanlash
2)mavzu mazmunini o‘zida aks ettirgan manbalarni aniqlash;
189
3)
manbalardan
ajratib
olingan
materiallarni
o‘rganish,
tizimlashtirish va
qayta ishlash;
4) rejani tuzish;
5) referatni yozish:
-tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash;
- referat tayyorlanayotgan matn (nomlanishi, qaerda va qachon
chop etilgan) hamda avtori (F.I.O, mutaxassisligi,
ilmiy darajasi va
unvoni) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
-tanlangan mavzu muammosini shaklantirish;
-tanlangan mavzudagi asosiy tezislar va ularni asoslovchi g’oyalar
mazmunini keltirish;
-referat maqsadidan kelib chiqgan
holda rejalarda belgilangan
muammolar bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish.
Referatni bajarish quyidagi natijalarga erishiladi :
-talabalar axborotlarni qabul qilish, tahlil etish, umumlashtirish
hamda tizimlashtirish orqali ma’lum maqsadlarni qo‘yib,
uning
echimini izlash yo‘llarini tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
- yozma hamda og’zaki nutqlarini mantiqiy to‘g’ri, asoslangan
holda aniq bayon etish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.