185
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil yetishning reproduktiv turi,
birinchi
navbatda,
o‘quvchilarning
eslab
qobiliyatlarini
faollashtirishadi. Talabalar o‘tilgan ma’ruza, darslik yoki boshqa
manbalar asosida aniq o‘quv materialini yeslab qolishlari va qayta
so‘zlab berishlari kerak bo‘ladi..
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil yetishning produktiv turi
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirishni o‘z ichiga oladi.
Talabalar yeshitgan yoki o‘qigan materiallar va tayyorlagan savol va
topshiriqlarni ma’lum bir tarzda taqqoslaydilar, tahlil qiladilar,
umumlashtiradilar, tanqidiy baholaydilar va xulosa chiqaradilar.
Psixologiya fanidan
amaliy mashg‘ulot, seminardan farqli
ravishda,o‘quv materialini muhokama qilibgina qolmay, balki ma’lum
amaliy vazifalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Bunday vazifalar tizimi
ko‘pincha amaliyot deb ataladi. Psixologiya fanidan amaliy
mashg‘ulotlar ta’lim jarayonida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
1) nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash; 2) tadqiqot ishlari
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 3) amaliy psixologik ishlar ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish; 4) nazariy bilimlardan amaliy muammolarni yechish
uchun qo‘llash; 5) o‘z-o‘zini bilish; 6) o‘z-o‘zini rivojlantirish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun eng tipik vazifalar quyidagilardan
iborat: 1) namoyish yeksperimenti; 2) individual vazifalar; 3) guruh
vazifalari; 4) juftlik(kichik guruhlar)da tajriba; 5) psixologik
muammolarni yechish; 6) munozara.