• Konsultatsiya
  • Ma’ruzaga tayyorgarlik
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Laboratoriya ishi amaliy mashg‘ulot turlaridan biri hisoblanadi. 
    Laboratoriya mashg‘ulotlarida maxsus uskuna va qurilmalardan 
    foydalanish mumkin. Laboratoriya mashg‘ulotlari ko‘pincha, hissiyot, 
    idrok, xotira va tafakkur kabi bilish jarayonlarini o‘rganishda 
    o‘tkaziladi.
    Konsultatsiya mashg‘ulot turi sifatida o‘qituvchi va talabalar 
    o‘rtasidagi suhbat bo‘lib, unda talabalar ta’lim jarayoni bilan bog‘liq 
    ayrim masalalar yuzasidan o‘qituvchidan maslahat va tushuntirishlar 
    so‘rashadi. Konsultatsiya talaba bilan yakka tartibda yoki o‘quvchilar 
    guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin. Konsultatsiya turli maqsadlarga ega 
    bo‘lishi mumkin. Misol uchun, talabalarni imtihonlarga tayyorlash 
    vaqtida konsultatsiyalar o‘tkaziladi va bu kurs bo‘yicha talabalar 
    bilimini umumlashtirishga ko‘maklashadi. Referat, kurs ishi vabitiruv 


    186 
    malakaviy ishlarni yozishdan oldin ham konsultatsiyalar o‘tkazish 
    mumkin. 
    Talabalarning mustaqil ta’limi adabiyotlarni mustaqil o‘qish, 
    ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, 
    referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashni o‘z ichiga 
    oladi. Ular mustaqil ta’lim olish faoliyati sifatida quyidagi maqsadlarga 
    yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin: 
    1) ayrim mavzular bo‘yicha psixologik bilimlarni kengaytirish va 
    chuqurlashtirish; 
    2) amaliy masalalarni yechish uchun ushbu bilimlardan 
    foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 
    3) psixologik tadqiqot ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 
    4) amaliy psixologik ish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 
    5) o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini 
    rivojlantirish. 
    Ma’ruzaga tayyorgarlik. Istalgan fan mazmunini o‘zlashtirish 
    fan bo‘yicha tayyorlangan ishchi dasturda belgilangan mavzularni aniq 
    ketma-ketlikda o‘rganib, tahlil qilib borish orqali erishiladi. Professor-
    o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar 
    takibida 
    mavzular 
    bo‘yicha 
    ma’ruzalar 
    matnining 
    mavjudligi,shuningdek ular tomonidan tayyorlangan darsliklar, o‘quv 
    qo‘llanmalar talabalarga bo‘lajak ma’ruza mazmunini anglash va 
    ma’ruza jarayonida savollar bilan faol ishtirok etish imkoniyatini 
    yuzaga keltiradi. Talabalarning 2 soatlik ma’ruza mashg’ulotiga 
    tayyorgarlik vaqti 0,2 s dan kam bo‘lmasligi lozim.

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish