• Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik
  • Seminar-konferensiyaga tayyorgarlik.
  • Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik. Amaliy mashg’ulotlar - 
    maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida 
    tashkil etilib, tahsil oluvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy 
    bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini hosil 
    qilishga yo‘naltirilgan ta’lim shakli.  Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik 
    o‘zida mustaqil faoliyatning: amaliy mashg’ulotni o‘tkazishning 
    maqsad va vazifalari haqida aniq tassavurga ega bo‘lish, aqliy, tahliliy, 
    ilmiy faoliyat ko‘nikmalarini ajratish kabi elementlarini qamrab oladi.
    Amaliy mashg’ulotga tayyorlanishda talabalar uyda ilmiy hamda 
    o‘quv adabiyotlardan foydalangan holda, mashg’ulot uchun mavzuga 
    oid 3-4 ta tadqiqot vazifalarini belgilab olishlari zarur. Bu o‘z navbatida 


    187 
    amaliy mashg’ulotda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni aniq ketma-
    ketlikda bajarish va maqsadga erishish imkoniyatini hosil qiladi. 
    Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik. Seminarga mustaqil 
    tayyorgarlik quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi: 
    - ilmiy yoki boshqa adabiyotlarni o‘rganish qobiliyatini 
    rivojlantirishga; 
    -ba’zi masalalarni chuqurroq tushunishga doir qo‘shimcha 
    axborotlarni izlashga;
    -mavjud axborot manbalaridan mashg’ulot mavzusi bo‘yicha soha 
    vakillari, olimlarning fikrlarini to‘g’ri tanlay olish va bibliografik 
    me’yorlar asosida rasmiylashtirish ; 
    -tanlangan axborot manbalarini tahlil qila olish ko‘nikmalarini 
    rivojlantirishga; 
    -muhokama qilinadigan savollar bo‘yicha o‘z chiqishlarini 
    tayyorlash; 
    - muhokamada u yoki bu muammolarni tahlil qilishdagi turli 
    fikrlarga nisbatan tezkor munosabatni bildirish ko‘nikmalarini 
    rivojlantirish. 
    Seminar-konferensiyaga tayyorgarlik. Seminar-konferensiya 
    semestr davomida 1-3 marta o‘tkaziladi. Chunki talabalar bu mustaqil 
    ish faoliyatiga ma’lum vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rishlarini taqozo 
    etadi. Uni tashkil etishda seminar mashg’uloti hamda ilmiy 
    konferensiya shakllari uyg’unlashadi. Bunda turli tadqiqodchilarning 
    ma’lum bir yo‘nalish yoki muammo yuzasidan dokladlari tinglanadi. 
    Seminar - konferensiyaga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishda talabalardan 
    muhokama qilinadigan muammoning nazariy jihatlari yoritilgan 
    hamda eksperimental tadqiqotlar natijalari qayd etilgan 2-3 manba 
    (monografiya, maqolalar) mazmunini o‘rganishlari talab etiladi. 
    So‘zga chiquvchi o‘z dokladi mavzusi bo‘yicha barcha 
    beriladigan savollarga javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. Har bir 
    chiqishdan so‘ng turli tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy 
    fikrlarning muhokamasi amalga oshiriladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish