|
Mavzu Adashgan toklar, ularni o’lchash va releli himoyasi
|
bet | 76/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja73 Mavzu Adashgan toklar, ularni o’lchash va releli himoyasi
Reja;
1 O’lchash
2 O’lchashlar xatoliklari
Bir kattalikni ko’p marta o’lchashqanchalik tirishqoqlik bilan bajarilsa ham uning natijalari bir-birlaridan va bu kattalikning xaqiqiy o’lchamidan birmuncha farq qiladi.
Agar o’lchash mukammalroq asboblar, usullarda, tajribali kuzatuvchilar tomonidan qulay tashqi muhitda bajarilsa, ularning izlanayotgan natijalari absolyut miqdori bo’yicha kichikroq xatoliklarga ega bo’ladi. Lekin bunday holda ham xatoliklar ta‖siridan qugulish mumkin emas. Shu sababli o’lchashlar zaruriy aniqlikda bajarilishi kerak ortiqcha aniqlikka yerishish katta harajatlarga, etarli bo’lmagan aniqlik esa qutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O’lchash natijasi l bilan o’lchangan kattalikning aniq (hakikiy) qiymati X
orasidagi farq xatolik deyiladi.
U yoki bu kattalikning o’lchangan (hisoblangan) qiymatini nazariy qiymatdan farqi ham (1) formulada hisoblanadi, u holda natija bog`lanmaslik deyiladi. Masalan, kartada yassi uchburchak burchaklari o’lchanib, ularning yig`indisi 179°30' bo’lsa, uning nazariy qiymati (X=180°) dan farqi bog`lanmaslik f= 179°30' -180° =-0'.
Xatoliklar kelib chiqishiga ko’ra qo’pol, muntazam va tasodifiy xatoliklarga bo’linadi.
Qo’pol xatolik deb xatoliklar qatorida absolyut qiymati bo’yicha boshqalardan katta farq qiladigan miqdorga aytiladi. Masalan, chiziqni o’lchashda lentani yotqizish sonini sanashda adashish yoki uning teskari tomonidan sanoq olish kabilar. Qo’pol xatolik o’lchovchi shaxsning o’z ishiga befarq qarashidan kelib chiqadi, qayta o’lchashorqali topiladi va to’zatiladi.
Muntazam xatolik deb xatoliklar qatorida bir xil ishora va qiymatlar bilan takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Muntazam xatoliklar o’lchayotgan shaxe, qo’llanilayotgan asbob va muhit xatoliklariga bo’linadi. Masalan, lentaning qabul qilingan (nominal) uzunligini haqiqiy uzunligidan farqi, lenta uzunligining xavo temperaturasiga qarab o’zgarishi, o’lchovchi shaxsni sanoqni oshirib yoki kamaytirib olishga odatlangani kabi xatoliklar bo’ladi. Demak bu xatoliklarni kelib chiqishi manbalari ma‖lum qonuniyatlarga bo’ysunadi, shu sababli bunday xatoliklarning o’lchashnatijasiga ta‖sirini kamaytirish yoki yo’qotish
mumkin.
|
| |