• 75 Mavzu Transformatorlar releli himoyasi Reja; 1 Transformatorlarning releli himoyasining turlari 2 Differensial himoya
  • 1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja




    Download 6,42 Mb.
    bet79/85
    Sana08.02.2024
    Hajmi6,42 Mb.
    #153069
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
    Bog'liq
    1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja

    Nazorat uchun savollar
    1. Milli elektr o‘lchov asboblarining asosiy turlarini aytib bering.
    2. Nima uchun magnitoelektr asboblardan foydalanilganda ularning qutblarini to‘g‘ri ulash talab qilinadi?
    3. Magnitoelektr tizim asboblaridan o‘zgaruvchan tok zanjirlarida o‘lchash uchun foydalanish mumkinmi?
    4. Elektromagnitli asboblarning ishiga qanday fizik hodisa asos qilib olingan?
    5. Elektrostatik o‘lchov asbobi qanday asosda ishlaydi?
    6. Bir fazali elektr energiya hisoblagichining ishlashini tushuntirib bering.
    7. Raqamli asboblar ko‘rsatishli asboblarga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
    8. Ishlab chiqarish qurilmalarining elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar asboblarni ta’mirlashi mumkinmi?
    9. O‘lchov asboblarini metrologik tekshirish to‘g‘risida gapirib bering?

    75 Mavzu Transformatorlar releli himoyasi
    Reja;
    1 Transformatorlarning releli himoyasining turlari
    2 Differensial himoya

    Transformatorlarning releli himoyasining turlari. Quvvati 1 MVA va undan katta bo‘lgan pasaytiruvchi transformatorlar uchun shikastlanish va nonormal holatlardan saqlash maqsadida qo‘yidagi asosiy releli himoyalar qo‘llaniladi. 1. Bo‘ylama differensial himoya. Ushbu himoya cho‘lg‘amlararo hamda chiqishlardagi barcha turdagi qisqa tutashuvlardan himoyalaydi.


    Bo‘ylama differensial himoya quvvati 6,3 MV A transformatorlardan boshlab qo‘llaniladi, ammo quvvati 1 MV A gacha bo‘lgan transformatorlar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. 2. Sabr vaqtsiz tokli kesim. Ushbu himoya bo‘ylama differensial himoya o‘rnatilmagan transformatorlarda qo‘llanilib, transformatorning yuqori kuchlanish tarafidagi barcha qisqa tutashuvlardan himoyalaydi. 3. Gazli himoya. Transformator bakining ichidagi har qanday shikastlanishlar natijasida tranformator moyidan ajralib chiqadigan gazlar, shuningdek bakda moy satxining kamayishidan himoyalaydi. Gaz relesi quvvati 1 MV Ali transformatorlarda boshlab qo‘llaniladi. Quruq transformatorlar uchun manometrli himoya qo‘llaniladi. 4. Maksimal tok himoyasi (MTX). MTX transformatorning chiqishlaridagi hamda transformator ichidagi barcha qisqa tutashuvlardan shuningdek tashqi qisqa tutashuvlardan ya’ni past kuchlanish tarafdan ketuvchi liniyalardagi qisqa tutashuvlardan (agarda ushbu liniyalarning himoyalari kommutatsion apparatlar ishlamagan taqdirda) himoyalaydi. 5. Nul ketma-ketli maxsus tokli himoya. Ushbu himoya neytrali mustahkam zaminlangan transformatorlarning pastki kuchlanish tarafidagi yerga qisqa tutashuvlardan himoyadi. 6. Maxsus zaxira maksimal tok himoyasi. Transformatorlarning past kuchlanish tarafidagi fazalararo qisqa tutashuvlardan himoyalash maqsadida qo‘llaniladi. 7. O‘ta yuklanishdan himoya. Ushbu himoya bitta fazada o‘rnatilgan maksimal tok himoyasi ko‘rinishida bo‘lib o‘ta yuklanishlardan hosil bo‘luvchi o‘ta katta toklardan himoyalaydi. O‘ta yuklanishdan himoya paralel ishlab turgan transformatorlarning biri o‘chishi natijasida yoki hosil bo‘ladigan yuklanishlardan himoyalash maqsadida quvvati 0,4 MVAli transformatorlardan boshlab qo‘llaniladi. 8. Transformatorning chulg‘amlaridagi yoki chiqishlaridagi bir fazali yerga qisqa tutashuvlardan himoya.
    Differensial himoya, gazli himoya, maksimal tokli himoya shuningdek tokli kesim transformatorning asosiy himoyalari hisoblanib, ushbu himoyalar transformatorning yuqori kuchlanish tarafidan hamda past kuchlanish tarafidan o‘zishga ta’sir etadi.
    O‘ta yuklanishdan himoya habar holatida ishlashi mumkin, agarda hizmat ko‘rsatilmaydigan podstansiyalarda esa transformatorni o‘chirishga ishlashi mumkin. 4.1-rasmda differensial himoyadan tashqari yuqorida keltirilgan himoyalarning tok relelarini cho‘lg‘amlari keltirilgan. SHuningdek shartli ravishda 35 gazli himoya 3 va 10 kVli tarmoqda bir fazali yerga qisqa tutashuvning habar zanjirlari ko‘rsatilgan. 4.1-rasmda ko‘rinib turgandek kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlarda bir birini to‘ldiruvchi va zahiralovchi bir necha xil himoyalar o‘rnatiladi. Bunday zahiralash yaqindan zahiralash deb yuritiladi.



    Download 6,42 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




    Download 6,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja

    Download 6,42 Mb.