• Baxt uylari
  • 1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja




    Download 3,44 Mb.
    bet13/121
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,44 Mb.
    #120026
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
    Bog'liq
    1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    Tamaddixona – taomlar assortimenti cheklangan umumiy ovqatlantirish maskani. Tegishli xomashyolardan tez va oson taom tayyorlanadi, xizmati ham tez amalga oshiriladi. Iste’mol taomlari assortimenti – sovuq va issiq taomlar, hammabop va tez tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara, qovurilgan tuxum. Spirtli ichimliklar sotish ta’qiqlanadi. Tamaddixonalarda xohlagan ovqat tanlanadi, ko‘p hollarda tikturib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bu ish avtomat-kassalar orqali ham bo‘lishi mumkin. Tamaddixonalarda hamma ishlar juda tez bajariladi. Shoshilgan, vaqti ziq kishilar bir zumda ovqatlanishi mumkin. Tamaddixonalar odamlar qatnovi ko‘p, ko‘zga tez tashlanadigan joylarga quriladi. Tamaddixonalar mahsulotlar assortimentini sotish bo‘yicha umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus tamaddixonalarda chuchvara, pishirilgan go‘sht, kabob, somsa, kotlet, sosiska, buterbrod va boshqalar tayyorlanadi.
    Bufetlar – ovqat mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular ichkarida va tashqarida joylashishi mumkin. Chala tayyor, har xil boshqa mahsulotlar, eng ko‘p talab qilinadigan issiq ichimliklar bilan savdo qiladi. Maktab va OTM bufetlaridan tashqari hamma bufetlar tamaki mahsulotlari bilan ham savdo qiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish amalga oshiriladi. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati orqali bajariladi. Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi: mehmonxonalarda, tomosha maskanlarida, sport maydonlari atrofida, vokzallarda, daryo, dengiz kemalarida, ishlab chiqarish va transport korxonalarida, qurilish va boshqa muassasalarda. Odatda bufetlar mahsulotlarni o‘zlariga qarashli umumiy ovqatlantirish korxonalaridan oladi.
    Ommaviy o‘yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolatlar mahsulotlari, shirinliklar, meva va ma’danli suvlar, ho‘l mevalar bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas.
    Baxt uylari qoshidagi bufetlarda meva-chevalar, shokolad, konfetlar, shuningdek gullar va sovg‘a buyumlari bo‘ladi. Nikohdan o‘tuvchilarning xohishiga qarab, oldindan dasturxon tuzatilishi va ofitsiantlar xizmat qilishi mumkin.

    Download 3,44 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




    Download 3,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    Download 3,44 Mb.