|
1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 10/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaHo‘l meva barlari – umumiy ovqatlantirish korxonalarining yangi bir turi. Ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste’molini kamaytirish nazarda tutilgan tadbir sifatida paydo bo‘ldi. Bu xildagi barlar o‘ziga xos usulda binolarda joylashgan bo‘lib, oddiygina jihozlanadi (peshtaxtalar qo‘yilgan, vitrinalarda 15 xilgacha sharbatli ichimliklar, sut kokteyllari, elektro-kofeyniklar, samovarlar). Mijozlar sharbatlardan tashqari choy, kofe ichishlari, restoranning qandolat sexidan keltirilgan qandalat mahsulotlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Sut mahsulotlari barlari – o‘z mahsulot assortimenti bilan boshqalardan farqlanadi. Sut va sariyog‘ kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida buterbrodlar, pishloq, kolbasa, bir necha xil sutli taomlar, quymoqlar, qaymoqli, tvorogli somsalar, un-qandolat mahsulotlari, shirin taom va ichimliklar bo‘ladi.
Hozirgi kunda ovqat tayyorlashda mijozlarning o‘zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib bormoqda. Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mijozlar taomni tatib ko‘rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‘la boradi. Bu barlarda turli sutli mahsulotlar ham sotiladi.
Disko-barlar – kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurun esa bar xizmatini o‘taydi. Bu yerlarda doimo diskoteka uyushtiriladi. Disko-barlar alohida binolarda yoki mehmonxonalarning yarim yerto‘lalarida faoliyat ko‘rsatadi. Bu barlarda orkestrlar, ashulachi, aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‘tkaziladi. Tavsiya etiladigan mahsulotlar assortimenti turlichadir: buterbrod, qandolat-shirinliklar va iste’molbop tez hazm bo‘ladigan taomlar.
Disko-bar taomnomasida odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar, gazaklar bo‘ladi. Unda issiq taomlar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi: qulupnayli, shaftoli sharbatli, o‘rikli, kofeli, yong‘oqli va hokazo. Disko-bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‘rsatish uchun katta ekran o‘rnatiladi, quvvati kuchli musiqa apparati, yorug‘likni har xil qilib ko‘rsatish uchun asboblar, shuningdek televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni disko-bar xodimi boshqarib boradi.
|
| |