|
Restoranlarda foydalaniladigan taomnomalarning
|
bet | 47/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaRestoranlarda foydalaniladigan taomnomalarning
mohiyati va uning ahamiyati
Biz «taomnoma» deb atagan so‘z rus tilida «menyu», asli fransuzcha «tet» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tub ma’nosi «Nonushta, tushlik, kechki ovqatlar jadvalidir». Umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlar , ularga sarflangan mahsulot, har bir taomning narxi taomnomada ko‘rsatiladi. Iste’mol qilinadigan taomlar bilan bir qatorda mijozlarga kulinar mahsulotlari, ichimliklar ham tavsiya qilinadi. Taomnoma mahsulot assortimentini hisobga olgan holda tuziladi. Har bir umumiy ovqatlanish korxonasi o‘zining mahsulot zahirasini, yil faslini, iste’molchilar oqimini hisobga olgan holda taomnoma tuzadi.
Menyu —restoran ishi muvaffaqiyatining asosiy shartidir. Menyuning har xil ko‘rinishlari mavjud.
Bosh-oshpaz katalogi yoki maxsus(firmenniy) taomlari menyusini taklif etish bu faqatgina qimmat eksklyuziv restoranlarga xos.
«A lya kart» menyusi har qaysisi alohida narxga ega porsiyali taomlarni taklif etadi. Bu menyuni buyurtmali deb atash mumkin(taomlami erkin tanlash mumkin).
«Tabl d’ot» menyusi har bir taomning bir yoki bir necha variantlarini belgilangan narxlarda taklif etadi. Menyuning bunday turi Yevropa mehmonxonalarining restoranlarida ko‘p qo‘llaniladi. Afzalligi shundaki, mehmonlar uni tejamliroq deb hisoblashadi.
«Dyuchur» menyusi navbatchi taomlarni taklif etadi. Ya’ni odatda tez tayyorlanadigan arzon, mashxur kunduzgi taomlar.
Xalqaro amaliyotda taomnomaning bir necha turlari bor:
a-lya kart (a1a saye) — narxi qimmat restoranlarda qo‘llaniladi, har bir taom uchun alohida narx belgilanadi;
tabldot (1a’1e sGpoge) — har bir taomning bir yoki bir necha ko‘rinishini tanlash tavsiya qilinadi, bu mehmonxonada turuvchilar uchun qulay;
dyu tur (ssh ,|oig) — bu kundalik doimiy taomlar;
turistlar uchun taomnoma — turistlar uchun maxsus tayyorlanadi, bahosi uncha yuqori bo‘lmaydi.
Restoran, kafe, barlarning taomnomalarda taom va boshqalar nomlari va bahosi ko‘rsatiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqa hammasida taom uchun sarflangan mahsulot miqdori ko‘rsatiladi.
|
| |