BAYRAM KECHALARIDA XIZMAT QILISH




Download 3,44 Mb.
bet90/121
Sana16.12.2023
Hajmi3,44 Mb.
#120026
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

2. BAYRAM KECHALARIDA XIZMAT QILISH

Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik kuni va boshqa bay-ramlar, tantanalar, oila yoki mehnat jamoalari, do‘stlar doirasida o‘tkaziladi. Tug‘ilgan kunlar, yubileylar o‘tka-zilganda ziyofatlar beriladi, kecha sohibiga zar chapon-lar kiydiriladi, sovg‘a-salomlar, tortlar keltiriladi. Bosh ofitsiant va ofitsiantlar yordamchi xonada tortlar ustidagi shamlarni yoqadi. Birinchi qadah aytilgandan so‘ng ofitsiant shamlar yoqilgan tortni zalga olib kiradi. Tort-ni chiroyli idish ustiga qo‘yadi. Bosh ofitsiant mehmonni tavallud topgan kuni bilan tabriklaydi va shamlarni o‘chiradigan asbob beradi. Tez erib tortga oqmasligi uchun shamlar sovutgichda saqlanadi.


Yangi yil. Deyarli butun dunyoda bayram qilinadi. Oila a’zolari, qarindoshlar, do‘st-birodarlar, mehnat jamoala-ri har yili 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi yangi yilni kutishadi. Eski yilga yakun yasab, fotiha berishadi, yangi yilning yaxshi kelishini niyat qilishadi. Yangi yil bay-ramini o‘tkazish uchun restoran ham mehmonlar kutishga katta tayyorgarlik ko‘radi. Zal bayramona yasatiladi. Stol-lar bezatiladi, maxsus taomnomalar tuziladi. Ko‘p hol-larda estetik did bilan ishlangan taklifnomalar chiqa-riladi. Restoranda dastlab stollarni 4, 6, 8, 12 kishilik qilib qo‘yiladi. Stollarga raqamlar belgilanadi. Resto-ran zalining markaziga rang-barang bezalgan archa qo‘yi-ladi. Turli rangdagi lampochkalar yonib-o‘chib turadi. Bu yerda niqoblar, sovg‘alar, shar, gullar sotishni ham tash-kil qilish mumkin.
Xizmat boshlanishi oldidan bosh ofitsiant o‘z ofitsi-antlarini xizmat qilish tartibi bilan tanishtiradi. Stollar yasatilishi, mehmonlar uchun taomnoma, qo‘shimcha taom, ichimliklar assortimenti haqida tushuntiradi.
Tegishli ko‘rsatma olganlaridan keyin ofitsiantlar stollarni yasatadi, mehmonlar kelishiga yarim soat qolgan-da, stollarga sovuq gazaklar, ichimlik va mevalarni qo‘yib chiqadilar.
Yangi yil kechasida ishlatiladigan idish-tovoqlar, an-jomlar alohida, chiroyli bo‘lishi kerak. Fujer, qadah, ryumka, shishalar ko‘zni qamashtirsin. Tarelkalarda gul-li sochiq-salfetkalar tursin.
Yangi yil kutish uchun kelgan mehmonlarning issiq ovqatlari hamma uchun bir xil bo‘ladi, shuning uchun taom tortish hammaga bir vaqtda barobar amalga oshiriladi.
Stollarga yozilgan, kraxmallangan oppoqdasturxonlar, billur idishlar, guldastalar, vazalarga manzarali qilib terilgan mevalar bayramona kayfiyat yaratadi.
Zalga kirishda mehmonlarni bosh ofitsiant xursandchi-lik bilan kutib oladi, yangi yil bayrami bilan tabrik-laydi va o‘rinlariga o‘tirishda yordam qiladi. Xuddi shu yerda ofitsiantlar ham mehmonlarni kutib oladi, tabriklaydi, egallaydigan joylariga boshlab borib o‘tirishga taklif etadi. Yangi yilning tantanali dakiqalari kelganiga qadar zal bir muncha yoritiladi yoki stollarda shamlar yonib turadi, xolos. Soat 23 dan 45 daqiqa o‘tgach, bosh ofitsiant televi-zor qo‘yadi. Mamlakat boshlig‘i hammani yangi yil bilan tab-riklaydi, yaxshi niyatlar bildiradi. So‘ngra soat millari 24 ni ko‘rsatib bong uradi. Shu payt shampan qopqoqlari patir-putir shipga uriladi, ofitsiant shishalardan hamma-ga vino quyadi, mehmonlar tarelkalariga gazaklar soladi.
Yangi yil kechasi 31 dekabr kuni soat 23 dan boshlana-di, yangi yilning 1 yanvari 5—6 largacha davom etishi mum-kin. Shuning uchun taomnomada bir necha ovqatlar, meva-lar, issiqichimliklar, shampan va boshqa vino-aroq, suv-lar bo‘lishi kerak. bulardan tashqari ayrim mehmonlar alohida buyurtmalar berishlari ham mumkin. Yangi yil «qor bobo» kelishi, artistlar bilan birga mehmonlarni xushchaqchaq qilishi mumkin. Qora kofe yoki choy tarqati-lishi bilan yangi yil tantanalariga yakun yasaladi.



Download 3,44 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121




Download 3,44 Mb.