|
Individual salfetkalardan
|
bet | 98/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaIndividual salfetkalardan qo‘l yuvgandan so‘ng foydalaniladi. Jo‘ja, qisqichbaqa va boshqa ayrim taomlar tortilgandan so‘ng qo‘l yuviladi. Salfetkalar ip-gazlama matosidan tayyorlanadi.
Salfetkalar hajmi:
Stol tuzatish uchun salfetkalar -60x60sm;
Tamaddi qilingandan so‘ng foydalaniladigan salfetkalar -50x50sm;
Milliy ko‘rinishdagi salfetkalar -35x35sm;
Rangli salfetkalar -30x30sm;
Ip-gazlamali salfetkalar -25x25sm;
Oq salfetkalar -46x46sm;
Individual salfetkalar -41x41sm;
Sochiqlar –restoran belyosining navbatdagi turi bu sochiqlardir. Restoranda bir necha xil sochiqlar bo‘lib. Ular har xil maqsadlarda ishlatiladi.
Sochiqlar foydalanilishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Qo‘l sochiqlari –asosiy vazifasi qo‘l artish uchun ishlatiladi. Ovqatlanishdan tashqari hollarda foydalaniladi.
Bilakka tashlab yuradigan sochiqlar –sochiqlarning bu turi ofitsiantning chap qo‘lida doimo bo‘ladi. Bilak sochiqjasi ofitsiant mehmonlarga taom tarqatganda uni qolini issiq ovqatdan saqlaydi va yengi kirlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. sochiq bilan idish-tovoqlarni artish mumkin. Ammo dasturxondagi chiqindilarni olish mumkin emas. Qo‘l sochiq sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Idish-tovoq va jihozlarni artish uchun yupqa ip gazlama matodan sochiq tayyorlanadi, u suvni o‘ziga oson shimib oladi va idish-tovoqlar yuvishda tola qoldirmaydi. Ularni qo‘lda tayyorlovchilardan farqlash uchun ikkita rangli chi ziq bilan bezashadi.
Sochiqlarning hajmi:
Sochiqlar -100x40sm;
Qo‘l sochiqlari - 85x35; 70x35sm;
Bilakka tashlab yuradigan sochiqlar -35x80sm;
Idish-tovoq artish uchun sochiqlar -70x70sm.
|
| |