|
TAOMLAR BERISHNING ASOSIY USULLARI
|
bet | 93/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaTAOMLAR BERISHNING ASOSIY USULLARI
Taom tarqatish ofitsiant xizmatida eng murakkab va muhim ishdir. Restoran ish faoliyatida taomlar tarqa-tishning uchta asosiy usuli qo‘llaniladi:
buyurilgan taomni maxsus anjomlar yordamida xo‘ran-da tarelkasiga solib beriladi (fransuz usuli);
stolga bitta idishda ovqat keltirib taqsimlanadi (rususuli);
gazak va taom mijozning idishiga yordamchi stolda solinadi (inglizcha usul).
Fransuz usuli bo‘yicha xizmat qilish texnikasi umu-miy tarzda quyidagi ishlardan iborat:
ovqat solish anjomlari—oshxona qoshiqlari, vilka-lar, kurakchalar, qisqichlar olib kelingan taomda bo‘ladi;
chap qo‘lga sochiqcha tashlangan, yeng chetini bekitib turadi. O‘ng qo‘l bilan taomni olib sochiqcha ustiga qo‘yadi va mijozga tutadi, taom va uning ushlagichi mijozga qara-tiladi;
hamma taomlar — idishlarda, vazalarda, salat idish-larida keltirilgan mahsulotlar chap qo‘lda bo‘ladi, mijoz-ning chap tomonidan boriladi va chapdan taom qo‘yiladi;
taomni tirsak barobarida ko‘targan ofitsiant mi-joz orqasida to‘xtaydi, so‘ngra, chap qo‘lidagi taomni ko‘ta-rib chap oyog‘i bilan bir qadam tashlaydi va ovqatni stol-ga olib keladi, odob qoidasiga binoan o‘ng qo‘lni orqasi-ga qilib turadi. Taomlar qo‘p va og‘ir bo‘lsa, o‘ng qo‘l bilan ham ushlaydi;
ovqatni mijozga olib kelib, uning tarelkasiga yaqinlashtiradi, tarelkaga tegmaydi, ofitsiant idish cheti mijoz tarelkasi ustiga to‘g‘rilanadi va taom solinadi;
taomni chap qo‘li bilan ushlab oshxona qoshig‘i va vilka yordamida ovqatni mijozlarning har biri tarelka-siga soladi.
B u usul ofitsiantdan mahsulotni bir idishdan ikkin-chisiga sola bilishni talab qiladi. Buning uchun quyida-gilarni izchillik bilan amalga oshirish lozim:
qoshiq sopini o‘rtasidan barmoqlar orasiga olina-di, vilka sopini o‘rta tagidan bosh barmoq bilan ushla-nadi, sopining uchi chinchaloq barmoq asosiga tegib turi-shi kerak. Ko‘rsatkich barmoq bilan vilkaning tish tomo-ni ko‘tariladi, qoshiq bilan taom olinadi, so‘ngra bosh barmoq bilan ovqatni ilgan vilka qisiladi va mijoz tarelkasiga solinadi; shu bilan birga ofitsiantning o‘ng qo‘l tirsagi mijoz gavdasiga taqaladi, shu payt qanday-dir estetik tuyg‘u hosil bo‘ladi. Taom berishning yuqori-da aytilgan tarkibiga o‘z-o‘ziga xizmat qilishni ham ki-ritish mumkin: mijoz tarelkasiga taomni o‘zi solib oli-shi ham mumkin. Bunday holatlarda ofitsiant taomni mijoz tarelkasi yonida ushlab turadi. Ovqatni stol usti-ga qo‘yish yoki juda baland ko‘tarib yuborish ham mumkin emas. Ofitsiant taomni mijoz tarelkasiga tomon sal qiyshaytiradi. Mijoz tarelkasiga taom solinayotganda ovqat anjomlari ofitsiant qo‘lida bo‘lishi, biroq taom-dan balandda ushlab turishi lozim; tirsaklarni o‘z biqi-niga yaqin tutishi, taom solishda albatta oshxona anjom-larini ishlatishi kerak.
Ruscha usul. Buyurilgan taomlarni anjomlar bilan birga stolga qo‘yiladi, tarelkalarga solinadi. Ovqatlar-ni mijozlarning o‘zlari solib oladi, ofitsiant yordam berib turadi. Issiq taom idishi ostiga stolga ofitsiant sochiqcha solib qo‘yadi. Idish qopqog‘i va kosalar maxsus tarelkalarga qo‘yiladi.
Sovuq gazak va taomlar stolga bir paytda, issiq taom-lar esa navbati bilan beriladi. Ofitsiant ovqat qo‘yish-dan oldin ishlatilgan idish-tovoqlarni yig‘ishtirib oladi va yangisini qo‘yadi.
Xizmatning bu shakli ichimliklarga ham tegishli. Issiq ichimliklar kofe va choy kofedonda va choynaqsa, shuningdek samovarda beriladi, bufetdan olingan ichim-liklar — shisha, grafin, ko‘zachalarda beriladi.
|
| |