• Binolar vazifasiga muvofiqligiga ko‘ra ikki guruhga
  • Binolarga qo‘yilgan asosiy talablar,binolarning klassifikatsiyasi




    Download 109.15 Kb.
    bet2/2
    Sana09.11.2022
    Hajmi109.15 Kb.
    #29652
    1   2
    Bog'liq
    1-mavzu
    Abdullaev Salamat (Автосохраненный), Reja Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan pa-kompy.info, 2 ОКТ, DIDAKTIK MASHQLAR, МАШҒУЛОТ ТАҲЛИЛИ-1, swot tahlil, Xoshimov????, Mavzu Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijt, Abdug, 4-kurs malumot, 2.11-Информатика ўқит.мет-2020 (1), Будь в тренде, 5e4eb9225c2ea, SENARIYSI

    Binolarga qo‘yilgan asosiy talablar,binolarning klassifikatsiyasi.

    • Har qanday bino quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: -vazifasiga muvofiqligi, ya’ni bino qaysi jarayonga maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, u shu jarayon talabiga to‘liq javob berishi kerak yashash uchun qulay, dam olishga moslashtirilgan, mehnat qilishga qulay va hokazo;
    • texnik tomondan muvofiqligi, ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirlardan past yoki yuqori temperatura, yog‘ingarchilik, shamol va boshqalardan to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo‘lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq yil davomida saqlashi lozim;
    • bino ko‘rinishi me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanish, uning tashqi eksteryer va ichki interyer ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrofmuhit bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak;
    • iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallari hamda vaqtni tejash ko‘zda tutiladi.

    Binolar vazifasiga muvofiqligiga ko‘ra ikki guruhga:

    • asosiy va yordamchi vazifalarga mo‘ljallangan binolarga bo‘linadi. Masalan, maktab binosining asosiy vazifasi o‘quvchilarni o‘qitishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham bu bino asosan o‘qitish xonalaridan o‘quv sinfi, laboratoriyalar va hokazolardan iborat bo‘lishi kerak.
    • Binoda asosiy va yordamchi vazifaga mo‘ljallangan xonalarni bir-biri bilan tutashtiruvchi, kishilar harakatini ta’minlaydigan joylar ham bo‘ladi. Bu joylar kommunikatsiya xonalari deb ataladi. Bularga koridorlar yo‘laklar, zinalar, dahlizlar va boshqalar kiradi.
    • Qurilish normalari va qoidalariga КМК ko‘ra binolar uzoq vaqt o‘z vazifasini ado etishi bo‘yicha IV darajaga bo‘linadi: I- xizmat davri 100 yildan ortiq; II- xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha; III- xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha va IV - xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha mo‘ljallangan binolar
    • Binolarga qo‘yilgan asosiy texnik talablardan yana biri binoning yong‘in xavfsizligidir. Qurilishda ishlatiladigan materiallar va konstruksiyalar yonish darajasiga qarab yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchan guruhlarga bo‘linadi.
    • Bino konstruksiyalari olovbardoshlik chegarasi bilan ham harakterlanadi. Bu binoning olov ta’sirida o‘z mustahkamligini, ustivorligini, saqlab tura olishi uchun ketgan vaqt bilan yassi konstruksiya elementlari uchun esa ularda teshik yoriqlar paydo bo‘lishi yoki konstruksiyaning olovga teskari yuzasidagi temperatura 1400 S gacha ko‘tarilishi uchun ketgan vaqt bilan belgilanadi.
    • Bino va konstruksiyalarni olovbardoshligi jixatdan besh darajaga bo‘lish mumkin. Eng katta olovbardoshlik I darajali binolarga, eng kichik olovbardoshlik esa V darajali binolarga tegishli bo‘ladi.
    • Texnik talablar masalalarini hal qilishdagi iqtisodiy muvofiqlik binoning mustahkamligi, ustivorligi va uzoqqa chidamligi ta’minlanishi bilan bir qatorda 1 m2 maydon sathi yoki 1 m3 bino hajmining narxi belgilangan qiymat chegarasidan oshib ketmasligini nazarda tutadi.
    • Binolar xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molikligiga va boshqa ekspluatatsion sifatlariga qo‘yiladigan talablarga binoan to‘rt klassga bo‘linadi. I klass binolarga – yuksak talablarni qanoatlantiradigan, IV klass binolari esa eng oz talablarni qondiradigan binolar kiritiladi.
    • Qavatlari soniga ko‘ra binolar kam qavatli 1-2 qavatli, o‘rtacha qavatli 3-5 qavatli, ko‘p qavatli 6-10 qavatli, juda baland 11-16 qavatli, osmono‘par qavatlar soni 16 dan ham ko‘p binolarga bo‘linadi.
    • Joylashishiga qarab bino qavatlari yerdan yuqorida, sokol qismida, yerto‘la qismida (podval) joylashgan va monsarddan iborat bo‘lishi mumkin. Qurilish texnologiyasiga ko‘ra binolar: tayyor beton konstruksiyalardan yig‘ilgan binolar, zavodda tayyorlangan industrial konstruksiyalardan montaj qilingan binolar, devorlari g‘isht, mayda blok va shu kabi mayda elementlardan tiklangan binolar – turkumiga bo‘linadi
    • Keng tarqalganligiga ko‘ra binolar: - andoza loyiha asosida quriladigan ommaviy binolar (turar-joy binolari, maktablar, maktabgacha muassasalar, poliklinikalar, kino-teatrlar va boshqalar); - alohida loyihalar asosida quriladigan nodir binolar (teatrlar, muzeylar, sport binolari, ma’muriy binolar va hokazolar) kabi turlarga bo‘linishi mumkin.

    Download 109.15 Kb.
    1   2




    Download 109.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Binolarga qo‘yilgan asosiy talablar,binolarning klassifikatsiyasi

    Download 109.15 Kb.