|
Turistik saytlar xususiyatlari va elementlari
|
bet | 94/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2Turistik saytlar xususiyatlari va elementlari. Foydalanuvchi uchun Web – saytga kirish uy sahifalaridan boshlanadi. Bu sahifalar mazmuni va mohiyati jihatidan qiziqarli axborotlarga boy bo’lib, turistik markazlarga jalb qilish jozibasi yuqori darajada bo’ladi. Bu esa hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Saytga tashrif buyuruvchilarning soni ham shularga bog’liq. U iste’molchini qiziqtirish, uning dunyo qarashini kengaytirish imkoniyatiga ega. Internetda uy sahifalari «namunali» saytlar bo’lishiga qaramay, tashqi ko’rinishi bilan ham, mazmuni bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ular bir necha umumiy qirralarga ya’ni xususiyatlarga ega bo’lib, odatdagidek tashrif buyuruvchiga katta hajmda axborotlar taklif qiladi. Ular oddiy va tushunarli tarzda bayon etilgan, sayt mazmuni haqida tasavvur beradi, turistik markazning qisqacha tafsilotini, fotosuratlarni, kartalarni, jadvallarni, logotip (firma belgisi) larni taqdim etadi.
Hammadan ko’p axborotga ega uy sahifalari emas balki, qo’shimcha ma’lumotlar beruvchi, butun sayt mazmuniga eng yaxshi mumiolangan axborotlar taqdim etuvchi uy sahifalari samarali hisoblanadi. Turistik markazning ijobiy qiyofasi ham juda muhimdir. U tashrif buyuruvchi uy sahifasi mazmunini yanada to’ldiradi. Agar «Joylashtirish vositalari» yoki «Turistik faoliyati» kabi bo’limchalar ruyxatini ochuvchi katta bo’limlar bo’lsa, yaxshi masalan, «Pansionatlar», «Mehmonxonalar» va «Kempinglar» degan. Bu foydalanuvchiga kerakli axborotni tez topib olishga imkon beradi va «qadamlar»ni qisqartiradi. Indeksatsiyaning bunday usuli butun sayt davomida foydalaniladi. U vaqtni anchagina tejaydi va qidiruvning samarali usuli hisoblanadi.
Web – saytda umumiy axborot. Axborotlar madaniy an’analar va urf-odatlar muhim rol uynaydigan yoki alohida xususiyatlar kasb etgan mintaqa (region)lar uchun ahamiyatlidir. Chunki potentsial turistlarni ko’pincha ana shular o’zlariga jalb etadi. Kim ilgari turistik mintqa haqida bazaviy ma’lumotlar olmagan bo’lsa, qaerga borish kerak, iqlim va region geografiyasi qanday, aholisi nima bilan band, zamonaviy voqealari, tarixi, madaniyati, urf odatlari, telekommunikatsion xizmatlar, jamoat transporti, do’konlarning ishlash vaqti kabi ma’lumotlarga zarurat bo’ladi.
Odatda yordamchi axborotlar saytga yuklangan keng va batafsil matnlardan iborat. Bundan qochish kerak – Web sayt tashrif buyuruvchiga matnni o’qish yoki uni o’tqazib yuborish imkonini berishi lozim. Muvaffaqiyatli saytlar ko’p sonli savollar bo’yicha batafsil axborotlarni taklif qiladi va bunda samarali indekslar tizimiga ega. Ular tashrif buyuruvchiga faqat ularni qiziqtiruvchi ma’lumotlarni tanlashga ko’maklashadi. Material mazmuni oddiy va tushunarli tarzda berialadi.
Eng yaxshi saytlar «Axborot almashish taxtasi» ga ega. Bir foydalanuvchi turistik muammolar bo’yicha savollar berishi, boshqasi ularga javob berishi mumkin. Savollar va javoblarni sayt kirgan har qanday tashrif buyuruvchi o’qishi mumkin. Bu tashvishlangan sayohatchilar katta davrasi uchun ajoyib axborot uzatish usullidir. Unda boshqa vaqtda ishlatilmagan mavzular qo’shilgan. Onlayn rejimida bahsli forumlar ham taklif etilishi mumkin. Unda ishtirok etishni xohlovchilar ruyxatdan o’tishlari kerak.
Sayohatning interfaol rejasi quyidagi mavzular bo’yicha axborotlar so’rashga imkon beradi: turistik mintaqaga qanday yetib borish kerak, qaerda joylashish mumkin, turistik markazda nima bilan shug’ullanish mumkin, qanaqa diqqatga sazovar joylar bor va h.k. Voqealar, ekskursiyalar, transport masalasi qanday. So’ngra tashrif buyuruvchiga ular so’ragan xizmatlarni yetkazib beruvchilar ruyxati taqdim etiladi. Web – sayt yetkazib beruvchi haqida uning ismi sharifi, manzili, telefon raqami va faksi, fotosurati, xizmatlar narxi va ularning qisqacha tafsiloti bayon qilingan batafsil ma’lumotlarni taqdim etadi. U shuningdek elektron pochtasi va zarur rekvizitlarini xabar qilgan holda yetkazib beruvchiga to’g’ridan-to’g’ri chiqish imkonini beradi. Mahorat bilan tuzilgan broshyura (kitobcha) tufayli foydalanuvchi maxsus papkada kompyuter xotirasida kerakli sahifani saqlaydi. Bu unga keyinchalik ularni ko’rib chiqish yoki qayta ko’chirib olish imkonini beradi. Sayohatning interfaol rejasi esa bir qator mezonlar asosida foydalanuvchi tanlagan marshrutni tuzish, xarakterlash imkonini yaratadi. Bularning barchasi saytdan olingan axborotlardan qoniqish darajasida va marshrutni ishlab chiqish jarayonlarida foydalanuvchini diqqat – e’tibor bilan to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishini talab qiladi.
|
| |