• 5. Internet saytlarining ahamiyati
  • Boshqaruvda axborot xavfsizligini ta’minlash




    Download 1,19 Mb.
    bet91/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    4.Boshqaruvda axborot xavfsizligini ta’minlash
    Firma kompyuter tizimlarini axborot xavfsizligini xavfini amalga oshishi juda murakkab va xavfli oqibatlar bilan bog’langan bo’ladi. Ularga quyidagilar tegishlidir:
    - fizik butunlikni buzish – axborot sifatini buzishga yoki uni to’liq yo’q qilishga yo’naltirilgan, ayniqsa axborotni uzatish tizimlarida va telekommunikatsiyalarning
    kompyuter tarmoqlarida;
    - ruxsat etilmagan o’zgartirish – shu bilan tavsiflikni, u turli xil hujjatlarda, hisobotlarda va ma‘lumotlar bazalarida berilganlarni qalbakilashishiga yoki halaqitlarga uchrashiga olib kelishi mumkin;
    - ruxsat etilmagan olish – maxfiy axborotni bevosita kompyuter tizimlaridan va tarmoqlaridan ularga ulanish yo’li bilan o’g’rilash, yoki axborot tashuvchilarni va x.k.
    o’g’rilash bilan tavsiflidir;
    - ruxsat etilmagan ko’paytirish – dasturlarni va berilganlarni nushalashga yo’naltirgan.
    Shunga o’xshash xavflardan va ularning oqibatlarini himoyalanish uchun oldindan ularni amalga oshirish yo’llarini topib olish kerak va keyin esa axborotni himoya qilishni mos tizimini ishga tushirish kerak. Quyidagi jadvalda kompyuter tizimlari va tarmoqlarini xavfsizligi xavflarini, ularni tashkil etuvchilariga ta‘sir etilganda, amalga oshirishni asosiy yo’llari ko’rsatilgan.
    Kompyuter tizimlari va tarmoqlari uchun xavfsizlik xavfini amalga oshirish yo’llari
    Ta’sir etish obyektlari
    Axborot maxfiyligini buzilishi
    Axborot butunligini bu
    5. Internet saytlarining ahamiyati
    Turistik biznesda Internet tarmog’ining qo’llanilishi bir necha yo’nalishlarga ajratilinadi. Shuni aytish kerakki, internetda reklama sohasi tobora ommaviylashib borayapti. Yirik turoperatorlar va turagentliklar Web-sahifalari va shaxsiy serverlar bilan unga faol kirib borishayapti. Olis mamlakatlar, ekzotik sayohatlar va turistik xizmatlarga narxlar haqidagi axborotlarni istalgan qidiruv tizimi orqali Internetdan topishlari mumkin. Misol uchun, (http: WWW. rambler.ru) – juda ommaviy qidiruv tizimidir. U «Turizm» so’roviga 4,5 mingdan ziyod noyob ma’lumot bera oladi.
    Ammo boy ko’rinish tanlovi aldamchi, ko’pchilik sahifalar foydalanuvi uchun unchalik qiziqarli bo’lib chiqmaydi. U juda nari borsa taklif qilinayotgan mamlakatlar ruyxatini va idoralar telefonlarinigina beradi, xolos. Saytni to’laqonli ma’lumotlar bilan to’ldirish va axborotlarni muntazam yangilanishini ta’minlash o’z shaxsiy serverlarni va qimmatbaho xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega yirik firmalarninggina qo’lidan keladi. Ishonchli aloqani ta’minlashga qodir, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, odatdagi aloqa vositalariga nisbatan xarajatlarni kamaytirishda yangi telekommunikatsion tizim imkoniyati nihoyatda katta. Internet turfirmalarni nafaqat reklama vositasi sifatida jalb etadi, balki filiallar va agentliklar bilan o’zaro harakatini tashkil qilishda ham noyob usuldir. Yirik turoperatorlarga har kuni yuzlab turagentliklar bilan aloqada bo’lib turishga to’g’ri keladi. Ba’zan ular turli mamlakatlardan bo’lishadi. Shu nuqtai nazardan ham Internetning bahosi yo’qdir. Butun Internetda deyarli barcha yetakchilik qilayotgan turoperatorlarning mahoratli vakillarini aniqlab bilish mumkin.
    Internetning rivojlanishi dunyoda turistik biznesni shunchalik tez sur’atda o’zgartirayaptiki, ko’pchilik turistik firmalar yangi texnologiyalar bilan tanishishga zo’rg’a ulgurishmoqda. Elektron tijoratdan olinadigan foyda hali oxirigacha tahlil qilib ko’rilmagan bo’lsada, ayrim mutaxassislar turfirmalarni elektron texnologiyaga jalb etish ayniqsa AQSh va G’arbiy Yevropada yuqori sur’atlarda boryotganiga shubha bilan qarashmoqda. Bir Internet uning biznesi qanday qilib samarali bo’lishi mumkinligini uylab boshi qotgan, boshqasi esa plyus Butunjahon turidan allaqachon foydalanmoqda. Shubha yo’qki, Internetda o’z saytini ochgan va Internet – tizimidan bronlashtirishda foydalanayotgan kompaniyalar o’z mijozlari va turagentliklar bilan oldingiga nisbatan samaraliroq o’zaro hamkorlik qilishmoqda.
    Amalda har bir to’laqonli funktsional sayt o’zini avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tizimi (SAYT) sifatida namoyon qiladi. Ular tarmoqqa tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar uchun ham, mazkur saytni ushlab turgan turistik korxonalar xodimlari uchun ham mo’ljallangan.
    SAYT yaratish uchun olib borilayotgan ishlar ko’p vaqt va amalga oshirish murakkabligi shundaki, bunday tizim tegishli turkorxonalar (turfirmalar) kompleks boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimiga qo’shilgan bo’lishi kerak va o’zining ma’lumotlar bazasi yordamida uning ko’psonli sohalari faoliyatini ta’minlashi lozim.
    SAYT asosiy tizim osti bo’limlari quyidagilar hisoblanadi:

    • kompyuter texnik infratuzilmasi va tizimli, dasturli, ta’minotli tarmoq uskunalari;

    • ma’lumotlar bazalari boshqaruv tizimi (SUBD);

    • SAYT funktsional xosligini qo’llab-quvvatlash uchun dastur ta’minoti.;

    • axborot-lingvistik ta’minot. Sanalgan elementlar o’zaro mustahkam bog’langan va SAYT realizatsiyasi jarayonida parallel ravishda yaratilishi shart.

    Shuni unutmaslik kerakki, elektron tijorat elektron segmentlardan ko’proq ko’zga tashlanadigan qismlardan biri bo’lib, u haqiqatdan ko’p aspektlarga ega. Bu agentliklar va mijozlarni yanada kengroq qamrab oladi, menejment tarmoqlaridan esa keng foydalanadi. Sotish bo’limlarini yangi, unumdorroq ish darajasiga ko’taradi.U olis boshqaruv tizimi ishlarini yo’lga qo’yadi. Turli darajadagi menejmentlarni bog’laydi, hisob-kitoblar tizimiga o’zgartirishlar kiritadi. Eng yaxshi takliflar bilan provayderlar topadi. Mijozlar servis sohalarini kengaytiradi. Mijozlar ma’lumotlari bazasi bilan faol ish olib boradi. Agentlar tarmog’ining samarali boshqaruvini ta’minlaydi va boshqa ko’plab ishlarni amalga oshiradi.
    Turistik industriya korxonalari o’z mahsulotlarini Internet orqali sotish va marketing imkoniyatlarini tez baholaydilar. Bu ayniqsa aviakompaniyalar va mehmonxonalarga taaluqlidir. Ular global mahsulotlarni iste’molchilarga ko’proq o’z mamlakatlaridan tashqarida ko’plab regionlarga sotayotganliklarini fahmlaydilar.
    Internet bu maqsadlar uchun ideal vositalar taqdim etadi. Chunki uning xizmatlari bahosi global va mahalliy bozorlarda bir xil. An’anaviy marketing operatsiyalari byudjetlari bevosita geografik qamrovga proportsional (bosish va tarqatish qiymati ko’payishi evaziga), Internet uchun esa geografik omillarning ahamiyati yo’q: uning xizmatlari bahosi Web – saytlarga qancha odam tashrif buyurganiga bog’liq emas. Shuni ta’kidlash kerakki, Internetning multmediya vositalari turizm va sayohatning olg’a harakatlanishiga beqiyos imkoniyatlar eshigini ochadi.
    Har qanday kompaniya Web – saytga ega bo’la turib, uning resurslariga murojaat qiluvchi shaxs turagent yoki potentsial sayyoh bo’lishini istaydi. Ammo ularni Internetda qiziquvchilardan farqlash oson emas.
    Indivudial va ish yuzasidan safarga jo’nayotganlar uchun muhimi narsa narx emas balki, tez ko’rsatiladigan sifatli xizmatdir. Shuning uchun ham tegishli turagentlar Internet texnologiyalarni egallash uchun raqobatni avj oldiradilar. Bunday agentliklar mijozlari va menejerlari tursaytlar bo’yicha tinimsiz «Sayohat» qiladilar.
    Internetda turistik industriyaning minglab kompaniyalari xususiy sektorlari ishtirok etadi. Ular bu tejamli taqsimlash kanali orqali dunyodagi barcha iste’molchilarda ishonch hosil qiladilar.
    Eng mashhur qidiruv direktoriyasi – Vohoo! Shuni nazarda tutish kerakki, bu direktoriya redaktorlari uning sahifalariga tushadigan saytlarga nisbatan saylov siyosatini o’tkazadilar. Tarmoqda Vohoo! ruyxatidagiga qaraganda turisttik saytlar ancha ko’p. Turistik industriyaga taaluqli bo’lgan Web – saytlar umumiy sonining sanog’iga yetish qiyin. Lekin, ular 250 mingga yaqinligini tusmollash mumkin.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruvda axborot xavfsizligini ta’minlash

    Download 1,19 Mb.