1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




Download 1,19 Mb.
bet90/102
Sana14.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#118418
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
Bog'liq
Ma\'ruza 1 2

3.Elektron hujjatlar bilan ishlash
Axborotlar tizimi ma‘lumotlar bazasi ustida ish olib boradi. Ma‘lumotlar bazasi esa ishlab chiqarish, fan, umuman inson hayot-faoliyatining ma‘lum bir sohasi bo‘yicha tuziladi. Masalan, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati, 2- poliklinika yordamidan foydalanuvchi fuqoralar haqidagi ma‘lumotlar (familiyasi, ismi, sharifi, jinsi, tug‘ilgan yili, ishlash joyi, qon guruhi va hokazolar). Ma‘lumotlar bazasi ba‘zan ma‘lumotlar banki deb ham yuritiladi.Umumiy holda, ma‘lumotlar bazasi yoki ma‘lumotlar banki tushunchalari kompyuter bilan bog‘liq bo‘lishi shart emas. Masalan, vrach kabinetida qogoz yoki karton kartochkalarda tashkil etilgan bemorlar kartotekasi kompyuter yordamida qayta ishlanmaydi, lekin ma‘lumotlar bazasi yoki ma‘lumotlar bankiga misol bo‘la oladi. Ammo, imkoniyat boricha ma‘lumotlar bazasi shaxsiy kompyuterlarda tuzilsa, kerakli ma‘lumotni qidirish va topish ancha osonlashadi. Ma‘lumotlar bazasini kompyuter yordamida qayta ishlashni osonlashtirish uchun uni tuzish jarayonida qandaydir qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi. Bu yerda ikki xil yondashish bo‘lishi mumkin.
1) ma‘lumotlar bazasining tuzilishi haqida kelishib olish. Masalan, har yili qabul vaqtida shaxsiy kompyuterda hujjat topshirgan abiturientlar haqidagi ma‘lumotlar bazasi tuziladi (abiturientlarning familiyasi, ismi, sharifi, o‘rta maktabni tugatgan yili, attestatining nomeri, viloyati, tumani, jinsi va hokazo). Bu ma‘lumotlar bazasi hujjat topshirilgan sana va vaqt bo‘yicha tuziladi.
2) ma‘lumotlar bazasi istalgan tartibda tuziladi, lekin bu holda ma‘lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, hujjat topshirgan abiturientlar ro‘yxati istalgan tartibda tuzilgan bo‘lsin. U holda bu ma‘lumotlarni hujjat topshirilgan sana va vaqti bo‘yicha qayta ishlab chiqadigan algoritmini tuzish kerak bo‘ladi.
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko’p vaqt va kuch sarflamasdan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • Ø biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog’ozli hujjat aylanishi hajmini kamaytirish;

  • Ø xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • Ø mehmonlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash;

  • Ø operatsion xarajatlarni oqilonalashtirish;

  • Ø statistik va analitik funksiyalar.

Professional tizimlar zamirida ko’plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan-yilga oshib bormoqda va yangi professional ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo’lgan bir nechta professional ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo’jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko’pligiga qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o’xshash. Barcha tizimlar mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, ma‘muriy, tijorat, muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o’zi funksional prinsipga ko’ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro’yxatga olish, joylashtirish, yashash va ko’rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda yozish yo’li bilan mehmonlarning hisob varaqlarini yuritishni ta‘minlash imkonini beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo’limlarida mijozlarga xizmatlar ko’rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga mo’ljallangan dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va zallarning yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini kuzatish, oziq-ovqat omboriga talabnomalarni rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining harakatini hisobga olish va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyasiya qilish. Tizimlarning servis modullari hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, operatsion, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishga mo’ljallangan. Kichiq mehmonxonalarda asosan Front offikeni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan soddalashtirilgan tizimlar qo’llaniladi.

Download 1,19 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

Download 1,19 Mb.