|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 88/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 23.Elektron hujjatlar bilan ishlash
4.Boshqaruvda axborot xavfsizligini ta‟minlash
5.Internet saytlarining ahamiyati
1.Axborot texnologiyalari tushunchasi
Axborot eki informatsiya – bu olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Informatsiya so‘zi lotincha ―informatio‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma‘noni anglatadi. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Inson turli a‘zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning kundalik hayoti va faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi universal vosita sifatida elektron-hisoblash mashinalari xizmat qilmoqda. Texnologiya so‘zi grekcha ―techne‖ so‘zidan kelib
chiqqan. ―Techne‖ - san‘at, mohirlik degan ma‘noni anglatadi. Axborot texnologiyalari yoki informatsion texnologiyalarning rivojlanishi bosqichlari hisoblash texnikasi rivojlanishi bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir.
2.Boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarining roli va o’rni Mehmonxonalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari nomerlarni rezervlash, doimiy mijozlar, mehmonlarning talablari va ular to’lashi lozim bo’lgan haq haqidagi ma‘lumotlarni kiritish, saqlash va zarur holda tez qidirib topishga yordam beradi.
Muayyan sanada tashrif buyurgan mehmonlar ro’yxatini kompyuter xotirasidan toppish hech qanday muammo tug’dirmaydi. Rezervlash stoli fayllari avtomatlashtirilgan axborot tizimining muhim tarkibiy qismi bo’lib, ular ushbu ish uchun mas‘ul bo’lgan ma‘mur (administrator) yordamchisiga bronlashtirilmagan nomerlar miqdori va ularning tafsilotlari: xonalari soni, derazadan ochiladigan manzara, narxi haqida axborot olish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi mehmonxona faoliyatiga joriy etilgunga qadar rezervlash bilan shug’ullanuvchi xodim bunday axborotni yig’ishi va
undan foydalanishi ancha og’ir ish bo’lib, juda ko’p vaqtni olar edi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kompyuter dasturlari to’plamidan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish ofislari va yordamchi bo’limlar ishi uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan axborotni yig’ish va undan foydalanish mumkin. Bu to’plam tarkibida to’rt dastur ayniqsa muhimdir, chunki ular ma‘murlarni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kerakli axborot bilan ta‘minlaydi:
rezervlash xizmatini boshqarish;
mehmonlarga xizmat ko’rsatishni boshqarish;
mehmonlar bilan hisob-kitob qilishni boshqarish;
mehmonxonani boshqarishning umumiy masalalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|