|
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining rezervlash xizmati faoliyatini ta‘minlovchi
|
bet | 89/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2Avtomatlashtirilgan axborot tizimining rezervlash xizmati faoliyatini ta‘minlovchi
tarkibiy qismi mazkur xizmat xodimlariga rezervlashga so’rovlarni tez olish, rasmiylashtirilgan bronlarga tasdiqlar olish va mehmonxona nomerlari mijozlar bilan qay darajada to’liqligi haqida doim aniq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimida bevosita ofisda va telefon orqali rezervlash markazlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilgan bronlash haqidagi barcha axborot jamlanadi. Mehmonxona korporatsiyalarining aksariyati mazkur tizimda o’z raqamlariga ega bo’lib, ularning yordamida mijozlar oldindan buyurtma qilish uchun mamlakatning istalgan nuqtasidan, ba‘zan hatto chet eldan (bepul) sim qoqishlari mumkin. Transport agentliklari ham ushbu markazlashtirilgan tizimga kompyuter tarmog’i orqali to’g’ridan- to’g’ri kirish imkoniyatiga ega. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan surunkali
foydalanuvchi mehmonxonaning yuzdan ortiq xizmatchilari istalgan vaqtda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha axborot olishlari mumkin:
rezervlash;
bosh ma‘mur ofisi;
jamoaviy tashriflarni rasimylashtirish;
doimiy mijozlar haqida ma‘lumotlar;
hisobotlar matn muharriri;
transport agentliklarining xizmatlari uchun schyotlar;
turlarni rasmiylashtirish;
ma‘muriy-xo’jalik masalalari;
foiz daromadlarini boshqarish;
kompleks dasturlar tuzish;
ulgurji savdo;
kompyuter bo’yicha hisob-kitoblar uchun interfeys;
kinofilmlar namoyishini buyurtma qilish uchun interfeys;
savdo nuqtalari uchun interfeys;
ekologik nazorat;
markazlashtirilgan rezervlash;
shahar grossbuxi; kreditorlik qarzlari;
kondominium egalarining schyotlari; uyushmalarni boshqarish;
nomerlarni uzoq muddatga berganlik uchun ijara haqi; taymsherlar uchun ijara haqi.
O’rta va katta mehmonxonalarda ma‘murning ish joyi schyotlar va xaridlarni nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun mini-kompyuter bilan jihozlanadi. Mehmonxonada odatda monitorlar bilan jihozlangan yana bir nechta xizmatlar: savdo nuqtalari, ta‘minot xizmati, konferens zal va boshqa xizmatlar ham faoliyat ko’rsatadi.
Kichiq mehmonxonalar so’rovlarni rasmiylashtirish uchun mini-kompyuterdan alohida foydalanishi yoki uni mahalliy tarmoqqa ulashi mumkin.
|
| |