1-mavzu: Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari




Download 402.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.09.2023
Hajmi402.33 Kb.
#81368
  1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza
Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari, Jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geo, ReadMe UzTransLit, Krossvord, 6-мавзу (2), “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” (2), 12-мавзу матни, 1 maruza, Mavzu111, 2-мавзу матни, Kirish qismi, Креатив фикрлаш ОН-1, AQLIY TARBIYA, 102-guruh Saxibova Dilrabo



1-mavzu:
 
Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
o‘rni va imkoniyatlari 
Reja: 
1. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va 
imkoniyatlari 
2. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 
texnik va dasturiy vositalardan foydalanish 
3. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari va ularning tasnifi. Pedagogning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari kompetentligi 
Respublikamizda jahon makonining axborot infratuzilmalari va milliy 
axborot – hisoblash tarmoq integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimini yaratish 
iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. 
XX asr o‘rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlardan foydalanila 
boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o‘ylab topildi. Ko‘pgina masalalarni 
hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi hamda bu 
axborotlarni yig‘ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, 
boshqarish uchun zarur bo‘lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo‘lib qoldi. 
Ta’limni kompyuterlashtirish tarixan XX asrning 50-yillariga borib taqaladi. 
Jamiyatda paydo bo‘lgan har qanday yangilik kabi dasturlashtirilgan ta’limning 
ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud edi. Shunga 
qaramasdan, dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy 
o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Mutaxassis va o‘qituvchilar o‘quv materialini tahlil 
qilishning yangi uslubiyotini o‘zlashtirib oldilar, o‘quv materiali bo‘yicha 
axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga 
aylandi. Mavzularni to‘liq o‘zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, 
uslubiy zamin yaratildi. 



Kompyuterning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta’lim 
tizimini ma’muriy boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, 
boshqarish, nazorat qilishgacha, o‘quv fanlarini o‘rganishni tashkil qilishdan tortib 
o‘quvchilarning individual mashg‘ulotlarini tashkil etishgacha bo‘lgan 
muammolarni qamrab oladi. 
Kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi, ularni qayta ishlovchi, turli shakl va 
usullarda o‘quvchilarga yetkazuvchi o‘ta qulay vosita sifatida tan olinmoqda. 
Ikkinchidan, kompyuterning ta’lim berishdagi vazifasi dars jarayoni bilan 
chegaralanmaydi. O‘quvchilar u bilan mustaqil ishlab, xatto uyda ham bilim 
olishlari mumkin. Uchinchidan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, masofadan 
o‘qitish hozirgi kun uchun orzu bo‘lmay qoldi. Bu nogiron bolalar uchun ta’lim 
olishning yagona imkoniyati, iqtidorli, o‘ta qiziquvchan talabalar uchun mustaqil 
ta’lim olish vositasi. 

Download 402.33 Kb.
  1   2




Download 402.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari

Download 402.33 Kb.
Pdf ko'rish