• Pedagogik texnologiya
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim tizimida
  • Nazorat savollari
  • Kompyuterli o‘qitishning afzalliklari




    Download 402.33 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana12.09.2023
    Hajmi402.33 Kb.
    #81368
    1   2
    Bog'liq
    1-ma\'ruza
    Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari, Jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti geo, ReadMe UzTransLit, Krossvord, 6-мавзу (2), “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” (2), 12-мавзу матни, 1 maruza, Mavzu111, 2-мавзу матни, Kirish qismi, Креатив фикрлаш ОН-1, AQLIY TARBIYA, 102-guruh Saxibova Dilrabo
    Kompyuterli o‘qitishning afzalliklari: 
     O‘quvchi yoki talabalarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi
    mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; 
     O‘quvchi yoki talabalarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan 
    faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o‘quvchi ta’lim subyektiga aylanadi; 
     O‘quvchi yoki talabalar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni 
    modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo‘ladi; 
     Kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan 
    ta’minlash imkoniyati hosil bo‘ladi; 
     Kompyuter bilan muloqot didaktik o‘yin xarakterini oladi va bu bilan o‘quvchi va 
    talabalarda o‘quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va h.k. 
    Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos – san’at, mahorat, logos – ta’limot 
    degan ma’nolarni bildiradi. 
    Hozirgi kunda pedagogic texnologiya tushunchasiga har xil ta’rif berilmoqda 
    va turlicha talqin qilinmoqda. Pedagogik texnologiyaga hozirgacha 300 dan ortiq 



    ta’riflar berilgani ma’lum. Shularning ichida eng ma’quli deb YuNESKO ta’rifi 
    ekanligi aniqlangan. Chunki berilgan ta’rifda dialektik qonuniyatlar mavjud bo‘lib, 
    u quyidagicha: 
    Pedagogik texnologiya – butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida 
    o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda 
    shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, 
    qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim tizimida: Bundan 3500 yil oldin 
    Konfutsiy “eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, 
    mustaqil bajarsam tushunib yetaman” degan ekan. Ta’limda information hamda 
    pedagogic texnologiyalarni qollaganda o‘quvchi yoki talaba eshitish, ko‘rish, 
    ko‘rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida 
    zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish 
    uchun ma’lum bir shart-sharoitlar mavjud. 
    Birinchidan, axborot resurslari bo‘lishi kerak. Bularga: 
     Shaxsiy kompyuter; 
     Proyektor; 
     Multimedia vositalari
     Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, tasvirlarni kompyuterga o‘tkazish 
    uchun); 
     Raqamli fotoapparat; 
     Videokamera (video konferensiyalar o‘tkazish va yana boshqa maqsadlar uchun); 
     Printer, nusxa ko‘chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog‘ozga tushirish va 
    ko‘paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa resurslar kiradi. 
    Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud. Ta’lim tizimida multimedia 
    elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, har xil 
    animatsion va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar 
    hisoblanadi. 



    Nazorat savollari: 
     Axborot va texnologiya tushunchalarini izohlang. 
     Axborot texnologiyasiga ta’rif bering. 
     Zamonaviy axborot texnologiyalarini tasniflang. 
     Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini ayting. 
     Zamonavi ATlaridan samarali foydalanishga misollar keltiring. 

    Download 402.33 Kb.
    1   2




    Download 402.33 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterli o‘qitishning afzalliklari

    Download 402.33 Kb.
    Pdf ko'rish