1-mavzu: to‘plamlar va ular ustida amallar reja




Download 347,02 Kb.
bet8/12
Sana13.05.2024
Hajmi347,02 Kb.
#228091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu to‘plamlar va ular ustida amallar reja

Ta’rif. X to‘plam elementlari orasidagi munosabat yoki X to‘plamda munosabat deb, Dekart ko‘paytmasining har qanday qism to‘plamiga aytiladi.
Munosabat. R, S, Q va hokazo harflar bilan belgilanadi.
Misol. X={3,4,5,6,8}sonlar to‘plamini qaraylik. Bu to‘plamda quyidagi munosabatlar mavjud:
1. R:x son y sondan katta”, ya’ni 8>6, 8>5, 8>4, 8>3, 6>5, 6>4, 6>3, 5>4, 5>3, 4>3.
Bu munosabat quyidagi juftliklar to‘plami bilan aniqlanadi: {(8,6), (8,7), (8,6), (8,5), (8,4), (8,3), (6,5), (6,4), (6,3), (5,4), (5,3), (4,3)}. Ko‘rinib turibdiki, bu juftliklar Dekart ko‘paytmasining qism to‘plami bo‘ladi. Buni to‘plam ma’nosida deb yozish mumkin. Endi X to‘plamda S: “Ikki marta kichik” munosabatni qaraymiz. Bu munosabat quyidagi juftliklar to‘plamidan iborat bo‘ladi: {(3,6), (4,8)}. Bu yerda ham bo‘ladi. X to‘plamda Q: “1 ta ko‘p” munosabatni ham qarash mumkin. Bu munosabat quyidagi juftliklar to‘plamidan iborat bo‘ladi: {(4,5), (3,4), (6,5)}. Ravshanki, Yuqorida qaralgan R, S, Q munosabatlarning har biri ham Dekart ko‘paytmaning qism to‘plamlaridan iborat.
X to‘plamdagi munosabatni ko‘rgazmali tasvirlash uchun nuqtalar strelkalar yordamida tutashtiriladi va chizma hosil qilinadi. Bunday chizma graf deb ataladi. Masalan, X={3,4,5,6,8}to‘plamda qaralgan R, S va Q munosabatlarning graflarini 1-, 2-, 3-chizmada tasvirlaymiz.

1-chizma 2-chizma 3-chizma


X={2,4,6,8,12} to‘plamda P: x soni y sonining bo‘luvchisi” degan munosabatni qaraymiz va grafini chizamiz. X to‘plam elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, x dan y ga strelkalar chiqaramiz. Masalan, 2 dan 4 ga strelka chiqaramiz, chunki 2 soni 4 ning bo‘luvchisi. Lekin har bir son o‘zi o‘zining bo‘luvchisi. Shuning uchun har bir x nuqtadan chiqqan strelka yana o‘ziga qaytadi. Grafda boshi va oxiri ustma-ust tushgan strelkalar sirtmoqlar deyiladi (4-chizma).
X to‘plam to‘g‘ri chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘lsin. Bu to‘plamda parallellik munosabatini qaraymiz (5-chizma). Ko‘rinib turibdiki, a ∕∕b, c ∕ ∕e, b ∕∕a, e ∕∕c, a ∕∕a, b ∕∕b, c ∕∕c, e ∕∕e, d ∕∕d. Bu munosabatning grafini G={(a,b), (b,a), (c,e), (e,c), (a,a), (b,b), (c,c), (e,e), (d,d)}to‘plamdan iborat. Uning grafi 6-chizmadagidek bo‘ladi.



4-chizma 5-chizma

6-chizma



Download 347,02 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 347,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: to‘plamlar va ular ustida amallar reja

Download 347,02 Kb.