• 3-mavzu. Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi Reja
  • Tayanch so’z va iboralar
  • A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar




    Download 278,35 Kb.
    bet18/69
    Sana07.02.2024
    Hajmi278,35 Kb.
    #152731
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
    Bog'liq
    1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni Reja

    A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar.
    - Iqtisodiy omillar
    - Rasmiy narx aralashishi
    - Narx nisbiyligi
    - Raqobat shakllari
    - Iste’molchi xulqlari (xatti-harakati)
    B. Korxonaning ichida ta’sir qiluvchi omillar
    - maxsulotlarning narx tuzilishi
    - korxonaning maqsadlari
    - narx siyosati
    - korxona xususiyatlarining tashkiliy tuzilishi
    Bu omillar ichida 2 ta ahamiyatlisi bordir.
    birinchisi bozorning turi, ikkinchisi esa maxsulotning tannarx bahosi.
    Buning natijasida 2 shaklda narx siyosati yaratila olinadi.
    a) tannarx va foyda ustiga qo’yilgan narx,
    b) bozorga ko’ra (raqobat va talab diqqatga olinib) yaratilgan narx.
    Narx joriy qilinar ekan, xususan bozorning tuzilishi juda yaxshi izlanishi va o’rganilishi kerakdir. YA’ni talab va taklif narxlarning yaratilishida eng ahamiyatli omildir. Bir korxonaning maxsulotni hosil qilishi va uzoq muddatli narx siyosatiga, korxonaning ichida bo’lgan muhit omillari ta’sir qilmoqdadir.
    3-mavzu. Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi
    Reja:
    1. Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lish, shakllanishi va turlari
    2. Turmaxsulot to’g’risida tushuncha, uning hayotiy bosqichlari, turlari.
    3.Turistik maxsulotning baholanishi, narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar


    Tayanch so’z va iboralar: Qadimgi marshrutlar, buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar, o‘zgartirilgan marshrutlar, o‘zgarmaydigan marshrutlar, tiklanadigan marshrutlar, tiklanmaydigan marshrutlar, yangi, zamonaviy marshrutlar.


    1. Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lish, shakllanishi va turlari
    Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va shakllanish omillari xar xil bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba potentsiali xisoblanadi (ishchi mutaxassis bo’lishi mumkin, lekin maxsus bilim va tajriba bo’lmasa turizmda ish ketmaydi), turmaxsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, iqlim sharoitlariga, tarixiy va arxeologik joylarning sifat ko’rsatkichlariga, milliy o’yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab yo’nalishlar shakllanadi.
    Turistik yo’nalishlarni shakllantirishning asosiy omillarining umumlashtirilgan shakli bo’lib quyidagi guruhlar xisoblanadi: turistlarni qabul qiluvchi transportlar, mehmonxona va restorandagi joylar, kadrlarning soni va sifati, turistlarga ko’rsatiladigan turmaxsulotlar soni va sifati, turmaxsulotlarni reklama qilish soni va sifati.
    Turizmda yo’nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy o’sishiga quyidagi guruh omillar ta’sir qiladi:
    -siyosiy omillar, ikki davlat o’rtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;
    -iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infratuzilmaning sifati, iqtisodiy yengilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari;
    -tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va kullar, yer osti davolovchi suvlar, tog’lardagi chiroyli manzaralar;
    -ilmiy-texnik omillar, zamonaviy xizmat ko’rsatish yo’llari va usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar;
    -yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza matnlarining mavjudligi va h.k.
    Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar tufayli sayohatlar muhim ulchovda qilinadi. Tovarini sotish va boshqa yerlarda ish kurish maqsadida ro’yobga chikkan kuchishlar sayohatlarni tarkib toptirdi, Bularning yonida mukaddas yerlarni ziyorat qilish va urushlardan kochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor bo’lishi edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon insonlari turli xil sabablar tufayli sayohat kilayaptilar. Bu to’g’rida bir-biriga o’xshagan takliflar bor. Batafsil bo’lishi uchun bu yerda sayohat motivlariga aloqador aniq ta’rif ustida to’xtalib o’tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 18 ta sayohat yo’nalishlari motivlari bo’lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir:



    Download 278,35 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




    Download 278,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar

    Download 278,35 Kb.